Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 9 oyida 772 529 000 dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, reja 125,4%ga bajarildi

Jumladan, asosiy işlab çiqariş mahsuloti bölgan mis eksportida reja 112,7%ga uddalangan holda, 60064 tonna mis mahsulotlari xorijga jönatilgan.

Şuningdek, 54 887 tonna mis katodi eksport qilinib, reja 122,8%ga bajarilgan. Mis kuporosi eksportida 7248 tonnalik natija qayd etilib, reja 128,7%ga uddalangan.

Rux mahsulotlari eksportida 9 oylik yakunlar böyiça hamon yuqori natija saqlanib qolingan. Bu yönalişda reja 129,6%ga bajarilib, 46661 tonna uşbu mahsulot importyorlarga yuborilgan.

Bundan taşqari, 46266 tonna rux metalli eksporti amalga oşirilib, reja 128,5%ga bajarilgan.

Kadmiy metalli eksportida ham 9 oyda yuqori natijalar qayd etilgan. Xaridorlarga 329 tonna kadmiy yuborilib, reja 109,7%ga bajarilgan.

Molibden mahsulotlari eksportida ham yuqori natijalar kuzatilmoqda. Xususan, reja 135,5%ga bajarilib, 596 tonna mahsulot xaridorlarga sotilgan.

Qörğoşin konsentrati eksportida reja 107.4%ga bajarilib, 19657 tonna uşbu mahsulot xorijga jönatilgan.

Şuningdek, kombinat tarkibidagi Çirçiq şahrida joylaşgan Nodir metallar va qattiq qotişmalar Ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi tomonidan mahsulotlar eksportining 2022 yil uçun belgilangan rejasi muddatidan avval bajarişga erişildi. Birlaşma mehnat jamoasi tomonidan 24,64 mln dollarlik mahsulot eksport qilinib, reja 311,1%ga bajarilganini alohida ta’kidlaş joiz.

Ma’lumot uçun, OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozoğiston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirğiziston, Ukraina, Polşa, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afğoniston kabi davlatlarga eksport qilinadi.

Joriy yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi yanada kengaydi. Jumladan, yangi bozorlarga - Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokaş va Singapur kabi davlatlarga ham mahsulotlar eksport qilinmoqda.