5 oktyabr — BMT tomonidan Xalqaro öqituvçilar kuni sifatida belgilangan. Uşbu sana munosabati bilan uşbu maqolada bu şarafli kasbning vujudga keliş tarixi, uning rivojiga hissa qöşgan pedagoglar haqida hikoya qilamiz.

Öqituvçilik kasbining paydo bölişi

Öqituvçilar birinçi sivilizatsiyalaşgan davlatlar — Mesopotamiya, Misr, Qadimgi Afina, Xitoy va Hindistonda paydo bölgan. Mesopotamiyada öqituvçilar bolalarga qadimgi Yunonistondagi kabi maxsus tayoqçalar yordamida loy lavhalarga yozişni örgatişgan. Faqat Gretsiyada mum bilan qoplangan yoğoç taxta işlatilgan.

Hindistonda öqituvçi rolini brahmanlar bajargan. Misrda öqituvçilar işi birmunça qiyinroq bölgan. Boisi, Misr tilidagi 6000 dan ortiq iyerogliflarni eslab qoliş oson emas. Öşa davrda itoatsiz talabalarni jismoniy jazolaş odatiy hol edi.

Örta asrlarda maktablarning roli sezilarli darajada pasayadi va ta’lim diniy xususiyatga ega böladi. Yangi davrda qizlar va öğil bolalar uçun alohida maktablar oçiladi.

Xotin-qizlarga öquv yurtlarida yoziş, öqiş, odob-axloq, raqsga tuşiş va uy-rözğor işlarini örgatişgan. Şuningdek, şe’r yoziş va hikoyalar yozişni maşq qilişgan. Yigitlarga harbiy işlar, yoziş, öqiş, sanaş örgatilgan.

XIX–XX asrlarda sanoatlaştiriş bilan boğliq holda hamma joyda, jumladan, qişloqlarda ham maktablar oçila boşladi. Aynan şu davrda pedagogik kadrlarga bölgan ehtiyoj ortdi – öqituvçilar soni köpaydi, ularga pedagogik faoliyat va fanlar örgatiladigan maxsus muassasalar oçildi.

«Pedagog» sözi bizgaça Qadimgi Yunonistondan yetib kelgan. Öşa vaqtlar bu atama bolani maktabga olib borgan qulga nisbatan qöllanilgan. Afina öqituvçisining vazifalari bolaga hamrohlik qiliş, uni himoya qilişni öz içiga olgan. Qul heç kim yoki heç narsa bolaning jismoniy va ruhiy holatiga zarar yetkazmasligiga işonç hosil qilişi, öquv qurollari joyida bölişiga, şuningdek, odob-axloqiga ham javobgar bölgan.

Qadimgi Yunonistonda köpinça bu işni oğir mehnatga layoqatsiz va egasining oilasiga sadoqati bilan ajralib turadigan qullar bajargan. Ba’zan unga yetti yoşga tölmagan, ya’ni hali maktabga bormagan bolani öqitiş topşirilgan.

Elladada öqituvçilar, savodli va bilimli kişilar ayniqsa, hurmatga sazovor bölgan. Afinada faqat öğil bolalar ta’lim olgan bölsa, Spartada qizlar ham maktabda öqigan. Maktab ayniqsa Qadimgi Afinada rivojlangan bölib, u bir neça turlarga bölingan: boşlanğiç, örta maktab, palestralar va gimnaziyalar.