— Dastlab referendumlar haqida. Putin nima maqsadda Ukrainaning qisman bosib olingan hududlarida şunday referendumlar ötkazdi? Boşqa davlat hududiga qurolli bosqin qilib kirgan hukumat uçun bunday byurokratiya nega kerak edi?
— Bu örinda dastlab Putin şaxsiyati va uning siyosiy hamda huquqiy psixologiyasini tahlil qilişimiz kerak. Putin bir vaqtlar KGBda işlagan, şuning uçun içki va taşqi siyosatni «maxsus operatsiya» sifatida köradi. Yana bir tomondan u yurist ham. Şu soha böyiça ta’lim ham olgan. Şuning uçun ham har bir işni huquqiy rasmiylaştirişga harakat qiladi.
Rossiyaga bu törtta hududni qöşib olişdan siyosiy bir maqsad mavjud. Ularning fikriça, bundan keyin bu hududlar Ukraina hududi emas, ularning maqomi aniq va Rossiyaga qöşildi. E’tibor bergan bölsangiz, referendumda har bir hududdan 90 foizdan ortiq ovoz yiğilgan va hudud aholisi orasida buni istovçilar köp degan siyosiy propaganda ham olib borildi.
Şunga köra, uni Rossiya tarkibiga rasman qöşib olişdi. Endi u hududlar Rossiya himoyasida ekani, agar bu hududlarga tahdidlar bölsa, Rossiyaning yadroviy zonti uşbu hududlar ustidan ham örnatilişi aytildi.
— Referendumlar ötkazilişi davomida okruglarda harbiylar bilan yurişib, blanka tarqatilgani kadrlari ham tarqaldi. Bu yerda qiziq bir holat: agar referendum natijalarini e’lon qiliş rus hukumati qölida bölsa, şunça resurs sarflab, yana askar yetişmayotgan vaqtda bu işlarni qilişdan qanday naf bor?

— 2014 yilda ham Qrimda referendum ötkazilgan. Unda ham harbiy xizmatçilar iştirok etgan. Ya’ni bundan közlangan maqsad şuki, boşqa fikrlilar referendumni buzmasin, har qanday muqobil fikrlar eşitilmasligi uçun. Bu referendumlarni dunyoning biror bir davlati tan olgani yöq. Tan olmaydi ham. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoğiston oçiqçasiga bu referendumni tan olmasligini aytdi. Özbekiston ham diplomatik tarzda mamlakatlarning hududiy yaxlitligini buziş tarafdori emasligini bildirdi.
Aynan harbiylar iştirok etayotganining sababi şuki, Ukraina hududida qarama-qarşi fikrlar juda ham köp. Ana şu fikrlarni bostiriş va boşqa ssenariylarning oldini oliş uçun bu amaliyotlar hayotga tatbiq qilinyapti.
— 30 sentabr kuni Kremlda qisman bosib olingan hududlarning Rossiyaga qöşilişi töğrisidagi şartnomalar imzolandi. Bu şartnomalarni xalqaro hamjamiyatning aksariyat a’zolari tan olmasligini bildirgan. Lekin bu hujjatlarning Rossiya uçun qanday oqibatlari bor? Buning ortidan qanday maqsadlarni amalga oşirişi kutilmoqda?













