Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «xalqlar örtasidagi döstlik riştalarini rivojlantirişga qöşgan ulkan şaxsiy hissasi hamda 70 yoşga tölgani munosabati bilan» «Oliy Darajali Döstlik» ordeni bilan taqdirladi.

Özbek jamoatçiligi vakillari tomonidan bu yangilikka tezlikda reaksiya berildi. Xususan, huquqşunos bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev buni oldinroq Özbekiston prezidentiga berilgan ordenga javob sifatida baholadi.

«Menimça, bu köproq sal avvalgi mukofotga javob sifatida berilgan bölsa kerak. Ya’ni joriy yil iyul oyida Şavkat Mirziyoyevning tuğilgan kuni arafasida Putin davlatimiz rahbarini Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlaş haqidagi farmonni imzolagandi.

Bugungi orden hozirça eng katta iqtisodiy hamkorimizga diplomatik «bor tovoğim, kel tovoğim» tarzida berilganga öxşaydi», deydi u.

Davletovuz kanali muallifi ham şu fikrni davom ettirib, buni Rossiyadagi özbekistonlik mehnat muhojirlari xavfsizligini ham közlab qilingan diplomatik harakat deb hisoblaşini yozdi.

«Prezidentga ham oson emas. Butun dunyo yuz ögirib, «toksiçnyy» siyosatçiga aylangan odam bilan, xohlaymizmi-yöqmi, Özbekiston murosa qilişga majbur. Siyosatçilarimiz tili bilan aytganda, 3 millionga yaqin özbekistonlik Rossiyada işlayapti, hayot keçiryapti. Şu ma’noda bu mukofotni öşa fuqarolarimiz taqdiri uçun, tinçligi, xavfsizligi yölida hadya, diplomatik işora, deb tuşuniş mumkin.

Qolaversa, yaqinda Xitoy rahbari Si Jinpingga ham şu mukofot berilgandi. Putinni quruq qoldirib bölmasdi», deya yozadi bloger.

Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Özbekiston rahbariyatining bu qarorini “ança vazmin va narigi tarafni vazminlaştiradigan”, “çiroyligina şarqona diplomatiya” deb ta’rifladi.

“Özbekiston prezidenti Mirziyoyev bugun tuğilgan kuni, ya’ni 70 yilligini nişonlayotgan V.Putinni Özbekistonning “Oliy Darajali Döstlik” ordeni bilan mukofotlabdi. Iyul oyida V.Putin Özbekiston prezidentini “Aleksandr Nevskiy” ordeni bilan mukofotlagan edi. Asimmetrik javob: orden beriş, tuğilgan kun bölsa, tuğilgan kun-da!