Toshkent shahri bosh rejasi bir qismi 2022 yil oxirigacha yakunlanadi
«ToshkentboshplanLiti» direktor o‘rinbosari Saidazim Sharipov O‘zA muxbiri bilan suhbatda poytaxt bosh rejasining bir qismi 2022 yil oxirigacha yakunlanishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda «ToshkentboshplanLiti» DUK tomonidan Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasi 3D formatda tayyorlanmoqda. Uni yaratish ustida Turkiya kompaniya mutaxassislari ish olib bormoqda.
«2022 yilning so‘ngiga qadar bosh rejaning bir qismini tamomlash rejalashtirilgan. Ayni paytda Toshkent shahrining belgilangan chegarasining ichidagi barcha hududlar loyihasi ishlab chiqilmoqda», — dedi Saidazim Sharipov.
Uning ta’kidlashicha, bosh rejada, nafaqat Toshkent shahridagi, balki poytaxt atrofidagi hududlarning ham rivojlanishi nazarda tutilib, taxminan 44 ming gektar yer ajratilgan.
Bundan oldin Toshkent shahar xalq deputatlari kengashining Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh rejasini tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilindi.
2023-2027 yillarda Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi. Unga ko‘ra, har yili 7 mlnga yaqin mavsumiy gullar, 75 mingdan kam bo‘lmagan miqdorda daraxt ko‘chatlari va butalar ekilishi nazarda tutilmoqda.
Bosh rejada yil yakuniga qadar yog‘ingarchilik mavsumlarida shahar hududlarida suv to‘planishi va suv toshishi mumkin bo‘lgan manzillar ro‘yxatini aniq shakllantirish va bartaraf qilish choralarini ko‘rish nazarda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Fitso davlat to‘ntarishi tahdidi yuzasidan Slovakiya Xavfsizlik kengashini chaqirdi
Jahon | 11:55
-
Toshkent - Xo‘jakent temiryo‘li Chinorkentgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:52
-
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi
Jamiyat | 11:42
Mavzuga oid
16:18 / 22.01.2025
Toshkentdagi davlat idoralarida har juma «Milliy liboslar kuni» o‘tkaziladi
20:20 / 21.01.2025
Toshkentda «Gazel» urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
16:12 / 20.01.2025
Toshkent shahri hokimligi ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
23:20 / 18.01.2025