«JÇ-2022 faoliyatimdagi oxirgisi böladimi? Ha, şubhasiz. Hozirda yaxşi sport formasidaman, ötgan yil bilan taqqoslaganda joriy mavsum oldi yiğinlarni yaxşi ötkazdim.
Hozirda kunlarni sanab, mundialni intiqlik bilan kutyapman. Hammasi qanday ötişi, turnir qanday yakunlanişini biliş qiziq. Turnirda muvaffaqiyatli iştirok etişni maqsad qilganmiz. Barça öyinlar qiyin ötişi avvaldan ma’lum. Jahon çempionatlarida har doim ham eng kuçli jamoalar, favoritlar ğolib bölmasligini köp körganmiz.
Bizni favoritlar safiga kiritiş töğri bölarmikan, bilmadim. Töğri, Argentina tarixan jahon çempionatlarida ğoliblik uçun da’vogar sanaladi, ammo hozir biz favorit emasmiz, bizdan yaxşiroq imkoniyat hosil qilgan jamoalar bor», - deydi Argentina milliy jamoasining 35 yoşli forvardi.
Ma’lumot uçun, Argentina JÇ-2022 S guruhida Polşa, Saudiya Arabistoni va Meksikaga qarşi maydonga tuşadi.











