Navbatdagi örganiş işlari “Uzbekistan GTL” zavodida olib borilib, işlab çiqarilişi yölga qöyilgan yangi turdagi sintetik yoqilği mahsulotlarni işlab çiqariş joriy holatini örganiş, ularning sifati va standartlarga muvofiqligini doimiy nazorat qiliş, mahsulotlarni saqlaş, sotiş hamda iste’molçilarga yetkazib berilişi bilan bir qatorda 2022/2023 yillar kuz-qiş mavsumiga asosiy muhandislik kommunikatsiyalari, texnologik asbob-uskunalarini tayyorlaş böyiça amalga oşirilgan işlar holati ham joyida örganildi.
Boşqaruv raisi boşçiligidagi “Işçi guruh” a’zolari “Uzbekistan GTL” zavodining markaziy boşqaruv binosida joylaşgan zamonaviy boşqaruv panellari orqali zavodning 11 mingga yaqin uskuna va asosiy işlab çiqariş qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qiliş texnologik tizimi bilan yaqindan tanişib çiqdi.

Kuz-qiş mavsumida töxtalişlar bölmasligi hamda texnologik jarayonlarning bir maromda va xavfsiz amalga oşirilişiga mas’ul bölgan mahalliy yoş smena muhandislari va mutaxassislarning boşqaruv jarayonlarining yanada innovatsion tarzda amalga oşirilişi yuzasidan fikr va mulohazalari tinglandi, bajarilgan işlar sarhisob qilindi.
Taşrif davomida Boşqaruv raisi kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş, mahsulotlarning işlab çiqarilişi miqdorlari va sifat körsatkiçlari doimiy nazoratda bölişiga doir topşiriqlar berildi.

Şuningdek, sintetik dizel yoqilğisi işlab çiqariş, saqlaş holatlari örganildi hamda sotiş işlari böyiça amalga oşirilayotgan işlar holati ham tahliliy körib çiqildi.
Boşqaruv raisi “GTL” dizel yoqilğisi sotilişi boşlanganini ta’kidlab, qisqa muddat içida jami 31 ming tonnaga yaqin sintetik dizel mahsuloti Özbekiston Respublikasi tovar-xomaşyo birjasi savdosi platformasi orqali realizatsiya qilinganini e’tirof etdi. Qöşimça ravişda, nafta mahsulotini işlab çiqariş hajmini oşirişga doir vazifalar belgilab berildi.

Boşqaruv raisi zavodning işlab çiqariş sexlari boşliqlari va rahbar xodimlar iştirokida işçi yiğiliş ötkazib, eng avvalo har kuni kuz-qiş mavsumi davomida amalga oşirilişi rejalaştirilgan çora-tadbirlar böyiça puxta tayyorgarlik köriş, yiğim-terim mavsumi davomida sintetik yonilği mahsulotlarini işlab çiqarilişi uzluksizligini ta’minlaş böyiça alohida vazifalarni belgilab berdi.













