Köprikning poyezd ötadigan qismida yonğin sodir bölgan. Videoda yonilği ortilgan sisterna yonayotgani körinadi. Şuningdek, köprikning avtomobil harakatiga möljallangan qismi ham zararlangan, bir qismi upirilib ham tuşgan.
Voqea joyidan video joylagan guvohlarning aytişiça, nimadir uçib kelgan. Ayni damda köprik avtomobillar harakati uçun yopilgan.
Ma’lumot uçun, Rossiya 2014 yil Ukrainaning Qrim yarimorolini egallab olgaç, hududni Rossiyaning quruqlikdagi qismi bilan boğlaş uçun Kerç köprigini qurgan edi. Ukraina uruş boşlanganidan buyon Qrim köprigiga zarba berişga haqli ekanini aytib keladi. Hozirça rasmiy Kiyev va Moskva holatga munosabat bildirmagan.


















