5 oktyabr kuni AQŞning immigratsiyaviy xilma-xillik böyiça viza dasturida yangi mavsum oçildi. Amerikada doimiy yaşaş huquqini olmoqçi bölganlar 8 noyabrgaça lotereya saytida röyxatdan ötişi mumkin.

Bu yil röyxatdan ötiş uçun töldiriladigan anketa savollari qisqargan. Savollar orasidan talabgorning pasport seriyasi va raqami, pasport berilgan mamlakat, pasportning amal qiliş muddati haqidagi bandlar çiqarib taşlandi.

Lotereyaning avvalgi yillardagi qoidalarida nomzodning aynan xorijga çiqiş pasporti bölişi kerakligi aniq yozib qöyilgan edi. Endilikda har qanaqa pasport ma’lumotlarini kiritiş talabi bekor qilingani natijasida, Özbekiston fuqarolari dasturda qatnaşiş uçun qizil pasport oliş majburiyatidan xalos böldi.

Bu degani 2022 yildan boşlab özbekistonliklar ID karta yoki mahalliy yaşil pasport bilan ham grin-karta lotereyasini öynaşi mumkin. Qizil pasport esa keyinroq, yutuq çiqqan taqdirdagina kerak böladi va uni öşa paytda ham olsa böladi.

Aslida 2019 yilgaça bölgan davrda ham grin-karta öynovçilardan pasport ma’lumotlari söralmas edi. Bunaqa talab uç yil oldin, migrantlarni xuşlamaydigan Donald Tramp prezidentligi paytida kiritilgan edi. Lekin 2022 yil fevral oyida AQŞ federal sudi bu talabni noqonuniy deb topdi.

Gap şundaki, bu lotereya – AQŞga keluvçi immigrantlar orasida millatlar xilma-xilligini ta’minlaş maqsadida yölga qöyilgan. Bu dastur Amerikaga immigratsiya körsatkiçlari tarixan kam bölgan xalqlar vakillariga AQŞga köçib kelişga imkon beradi. Lekin bunday mamlakatlarda yaşovçilarning hammasida ham pasport olişga puli bölmasligi mumkin. AQŞ hukumati esa hali lotereyada yutiş-yutmasligi noaniq bölgan millionlab odamlardan pasport talab qilib, ularning lotereya öynaş imkoniyatini çeklab qöygan edi. Buning natijasida oxirgi yillarda dunyo böylab grin-karta öynaydiganlar soni 23 milliondan 13 millionga kamayib ketdi. Federal sud şu va boşqa omillarni inobatga olib, hukumatning talabini lotereya haqida 1990 yilda qabul qilingan qonun mohiyatiga zid deb hisobladi.

Qator manbalarning yozişiça, Diversity Visa anketasiga pasport ma’lumotlari haqidagi band yana qayta kiritilişi ehtimoli ança past.