Özbekiston elçixonasida YuNeSKO «Ipak yöli» dasturi Ispaniyadagi prezidenti Xose Mariya Çikiyo Barber bilan uçraşuv bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot çoğida mamlakatda içki va taşqi turizmni rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida sözlab berildi. Samarqanddagi eşkak eşiş kanali böyida barpo etilgan yirik «Buyuk Ipak yöli» xalqaro turizm majmuasi işga tuşirilişi alohida ta’kidlandi. Majmua hududida 8 ta mehmonxona, şundan ikkitasi beş yulduzli, ikkitasi 4 yulduzli, törtta butik mehmonxonalar, kongress-xoll va «Abadiy şahar» barpo etilgan.
Mamlakat sayyohlik salohiyatini oşiriş va yangi Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan töliq foydalaniş maqsadida 1 oktyabrdan boşlab «oçiq osmon» rejimi joriy etilgani qayd etildi.
Xose Mariya Çikiyo Barber sayyohlar uçun yaratilgan yangi va qulay şaroitlar, Samarqand şahrida yaratilgan zamonaviy infratuzilma mamlakatga turistlar oqimini oşirişga xizmat qilişiga işonç bildirdi.
Özbekiston sayyohlik salohiyatini ommalaştiriş maqsadida noyabr oyida Valensiya şahrida Ispaniya yirik turkompaniyalari, OAV va keng jamoatçilik vakillari iştirokida Samarqand şahrida turizmni rivojlantirişga bağişlangan forum taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.












