«Apple uşbu qonunni bajarişga tayyorgarlik kördi. Kompaniya özining eng maşhur gadjetlari uçun yangi ulagiçga ötiş muddatini osonlikça tezlaştirdi. Masalan, iPhone 15 kelasi yil kuzdayoq USB-C ulagiçi bilan işlab çiqariladi. Bu belgilangan sanadan bir yil oldinroqdir», deb yozdi insayder. 

Apple uçun Yevropa Ittifoqi talabi iPhone 16 e’lon qilinişi kutilayotgan 2024 yildan boşlab kuçga kiradi. Biroq Gurman, boşqa manbalar qatori, Apple kompaniyasi kelasi yildayoq ulagiçni özgartirişni rejalaştirayotganiga işonçi komil. 

Şuningdek, uning ta’kidlaşiça, Apple kompaniyasi Yevropa Ittifoqi talabiga böysunayotganini oçiqçasiga tan olmoqçi emas. 

«Apple öz sabablariga köra USB-C ulagiçiga ötişga qaror qilganini aytişni istayapti. Işonçim komil, Apple buni tezkor quvvatlantiriş va ma’lumotlarni tezkor uzatiş, şuningdek, barça gadjetlarni quvvatlantirişda yagona yondaşuv muhimligi bilan izohlaydi», — deb xulosa qildi jurnalist. 

Lightning ulagiçi faqat Apple kompaniyasiga xos bölib, boşqa işlab çiqaruvçilarning gadjetlariga örnatilmagan. Şuningdek, boşqa işlab çiqaruvçilarning quvvatlantiruvçi qurilmalaridan ham Apple kompaniyasi gadjetlarida foydalaniş imkonsiz. USB-C universal ulagiçiga ötiş bunday noqulaylikka barham berilişini nazarda tutadi.