Rossiya qöşinlari Ukrainaning bir qança yirik şaharlariga zarba bera boşlaşi fonida jahon bozorida buğdoy narxi 6,6 foizga ösdi va iyun oyidan keyingi eng maksimal darajaga yetdi.
«Agar asosiy işlab çiqaruvçilar qiyinçiliklarga duç kelsa yoki Qora dengiz mintaqasidagi vaziyat yaxşilanmasa, biz oziq-ovqat xavfsizligi bilan boğliq keyingi muammolarni istisno eta olmaymiz», deydi Hightower Report tahlilçilari.
Uruşayotgan tomonlar butun dunyo böylab asosiy buğdoy eksport qiluvçi mamlakatlar hisoblanadi. Şuningdek, AQŞ, Yevropa Ittifoqi, Hindiston va Argentina kabi boşqa yirik işlab çiqaruvçi davlatlarda kuzatilgan anomal issiq ob-havo ham hosildorlikka salbiy ta’sir ötkazgan.
Ma’lumot uçun, 22 iyul kuni Istanbulda BMT va Turkiya vositaçiligida RF va Ukraina örtasida kelişuv imzolangandi, uning maqsadi Ukraina portlarini don olib çiqiş uçun oçib qöyişdan iborat. Uşbu kelişuv doirasida Qora dengizda Ukraina qirğoqlaridan Bosfor böğozigaça bölgan xavfsiz yölaklarni yaratiş közda tutilib, buğdoy eksporti Ukrainaning uçta portidan - Odessa, Çernomorsk va Yujniydan amalga oşirilişi belgilangandi.
Rossiya-Ukraina munosabatlaridagi keskinlikning kuçayişi don eksporti böyiça yaqin oylarda muddati tugaydigan ikki tomonlama kelişuvning uzaytirilişini xavf ostiga qöyişi mumkin. Bu esa jahon bozorida bir qança turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlaşişiga va Ukraina buğdoyiga qattiq boğlangan davlatlarga jiddiy ta’sir körsatadi.













