Toşkentda ötayotgan dzyudo böyiça jahon çempionatining erkaklar örtasida -100 kg vazn toifasidagi final yakuniga yetdi.
Hal qiluvçi bellaşuvda özbekistonlik Muzaffarbek Töraboyev kanadalik Kayl Reyyesni mağlub etib, Özbekiston hisobiga ikkinçi oltin medalni taqdim etdi. U vazari usulini işlatib, raqibidan ustun keldi.
Şu tariqa, jahon çempionatida Özbekistonning oltin medallari soni ikkitaga yetdi. Kuni keça -90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov ham yurtimiz hisobiga ilk oltin medalni taqdim etgandi.
22 yoşli surxondaryolik kuraşçi dastlab amerikalik Smitni, gruziyalik Varlam Lipertiani, kanadalik Şadi Elans va yarimfinalda niderlandiyalik Maykl Korrelni mağlub etgan edi.












