“Quriliş cohasiga oid talablarni soddalaştiriş hamda texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Quriliş sohasiga oid talablarni soddalaştirişning asosiy maqsadlaridan biri etib eskirgan va öz ahamiyatini yöqotgan şaharsozlik normalari va qoidalarini qayta körib çiqiş belgilandi.
2023 yil 1 yanvardan boşlab quyidagilar belgilab qöyildi:
- “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonun doirasida amalga oşiriladigan quriliş-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlaş işlarining loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati smeta-resurs normalari asosida şakllantiriladi;
- quriliş-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlaş işlarini öz mablağlari hisobidan moliyalaştirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uçun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatga ega böladi;
- quriliş reglamentlari hamda smeta-resurs normalari texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar jumlasiga kirmaydi hamda ularni huquqiy ekspertizadan ötkaziş talab etilmaydi;
- şaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3-4 yilda qayta körib çiqiladi va zaruratga köra yangilab boriladi;
- quriliş materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Quriliş vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
- şaharsozlik faoliyati sohasiga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda ruxsat etiladigan xorijiy normativ hujjatlar asosida işlab çiqilgan hamda xorijiy davlatlarda ekspertizadan ötkazilgan loyihalar tegişli qismlari töğridan töğri tan olinadi.












