Boş prokuratura huzuridagi departamentning ma’lum qilişiça, departamentning Şahrisabz tuman bölimi tomonidan qalbaki pullar muomalaga kiritilişining oldini oliş maqsadida tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Tekşiruvda, fuqaro A.J. va R.M. özaro til biriktirib, fuqaro M.ga tegişli bölgan Cobalt maşinasini 13 400 AQŞ dollariga sotib olişga kelişib, unga aldov yöli bilan 134 dona 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni bergani aniqlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq, Toşkentda 15 mingdan ortiq qalbaki dollar musodara qilingandi.












