Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasida yangi Money Express xizmati işga tuşdi. Uning yordamida Ipak Yo‘li Mobile’ning identifikatsiyadan ötgan foydalanuvçilari pul mablağlarini «Ipak Yo‘li» banki tomonidan emissiya qilingan UnionPay, Visa yoki Mastercard kartasidan boşqa bank UnionPay kartasi sohibiga ötkazişlari mumkin (Özbekiston hududi böylab va undan taşqarida). Mazkur xizmat pul mablağlarini pul ötkaziş tizimlari orqali jönatiş uçun bankka taşrif örnini bosadi.

Xizmat 24/7 tartibida köplab mamlakatlarga, şuningdek, Özbekistondagi UnionPay kartalariga Money Express orqali ötkazma jönatiş imkonini beradi. Jönatuvçi UnionPay karta raqami hamda qabul qiluvçi familiya va ismini körsatişi kifoya.

Batafsil yöriqnoma:

Ötkazmalar böyiça limitlar

 Xalqaro ötkazmalar:

§ bir kun davomida eng köpida 2 000 AQŞ dollari ötkaziş mumkin;

§ bir martalik ötkazma miqdori 1000 AQŞ dollaridan oşmasligi lozim;

§ bir oydagi ötkazmalarning umumiy miqdori 9 000 AQŞ dollaridan oşmasligi lozim;

§ ötkaziş mumkin bölgan eng kam pul miqdori 1 AQŞ dollarini taşkil etadi.

Özbekiston içidagi ötkazmalar:

§ bir kun davomidagi eng köp summa 5000 AQŞ dollarini taşkil etadi;

§ bir martalik ötkazma miqdori 1000 AQŞ dollaridan oşmasligi lozim;

§ bir oy içidagi ötkazmalarning umumiy miqdori 30 000 AQŞ dollaridan oşmasligi lozim;

§ ötkaziş mumkin bölgan eng kam pul miqdori 1 AQŞ dollarini taşkil etadi.

Ötkazmalar böyiça komissiyalar

Ötkazmalar bank tariflariga muvofiq, ötkazma miqdorining 1 foiziga teng, ammo 2 AQŞ dollaridan kam bölmagan komissiya bilan amalga oşiriladi.

Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasini yuklab oling va qulay xizmatlardan foydalaning.