Turkiya, BAA, Vengriya, Tailand, Hindiston, Qozoğiston, Qatar, Vetnam, Janubiy Koreya, Tunis, Misr, Argentina, Janubiy Afrika, Özbekiston, Gretsiya, Xitoy, Möğuliston va Marokaş banklarida UnionPay tölov tizimining bank kartalariga xizmat körsatiş töxtatildi. Rossiyaning Gazprombanki tomonidan çiqarilgan uşbu kartalar bu mamlakatlarda işlamayapti, deb xabar berdi TASS.
UnionPay kartalari bilan bankomatdan pul yeçmoqçi bölganda, texnik xatolik yoki kartaga uşbu bank tomonidan xizmat körsatilmasligi haqida ogohlantiriş olinadi. Xizmat körsatişni rad etiş Gazprombankning korporativ kartalariga ham, UnionPay tizimidagi individual kartalarga ham tegişli.
Naşrning eslatişiça, 21 noyabr kuni AQŞ Moliya vazirligi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning yangi paketini e’lon qildi, unga önlab jismoniy va yuridik şaxslar, jumladan, avvalroq sanksiyalar qöyilmagan Gazprombank ham bor edi. Şundan söng, bank mijozlarini UnionPay kartalari faoliyatidagi qiyinçiliklar haqida xabardor qildi va yaqin kelajakda naqd pul yeçib olişni maslahat bergan edi.
22 noyabr kuni Gazprombank veb-saytida UnionPay kartasini rasmiylaştiriş imkoniyati yöqoldi. Bankning ta’kidlaşiça, UnionPay kartalari Rossiya böylab işlaşda davom etadi.

















