«Tinkoff bank» tomonidan çiqarilgan UnionPay kartalari 21 iyul, juma kunidan boşlab AQŞning bankka qarşi sanksiyalari tufayli xorijda işlaşni töxtatadi. Bu haqda kredit taşkilotining Telegram-kanalida xabar berildi. 

Bank xorijdagi mijozlariga yaqin kelajakda naqd pul yeçib olişni maslahat berib, Rossiyada kartalar odatdagidek işlaşda davom etişini ta’kidladi. «Tinkoff» vakillari yaqin orada tölov tizimining qarori tufayli UnionPay kartalarini çiqariş töxtatilişini qöşimça qildi. 

Rossiyaning yana bir banki, AQŞning yangi çeklov çoralariga duçor bölgan - «Solidarnost» ham Rossiyadan taşqaridagi mijozlarga naqd pul olişni maslahat berdi. «Ikkilamçi sanksiyalardan qörqib, ayrim kontragent banklar xorijdagi bankdan pul ötkazmalarini qabul qiliş imkoniyatini çeklaşi mumkin», — deyiladi kredit taşkilotining Telegram-kanalida. 

Avvalroq, 20 iyul kuni AQŞ Rossiyaning beşta bankiga qarşi sanksiyalar joriy qilgan edi. Röyxatga «Tinkoff» va «Solidarnost»dan taşqari «Loko Bank», «Yunistrim» hamda Peterburg ijtimoiy tijorat banki kirdi. Bundan taşqari, Vaşington 18 nafar rossiyalik, jumladan Hisob palatasi sobiq rahbari Aleksey Kudringa nisbatan çeklov çoralarini qöllagan. Şuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasining tadqiqot markazlari va institutlari, yuk va yölovçi kemalari, sanoat va mudofaa korxonalari ham sanksiyalar ostida qoldi. 

AQŞ Moliya vazirligi bayonotida aytilişiça, yangi çoralar Moskvaning Ukraina uruşini davom ettirişiga imkon beruvçi tovarlardan foydalanişini töxtatiş, şuningdek, Rossiyaning metallurgiya va toğ-kon sanoatidan tuşadigan daromadlarini kamaytiriş, uning kelajakdagi energetika imkoniyatlariga putur yetkaziş va xalqaro moliya tizimiga kirişini yomonlaştiriş uçun möljallangan.