Qayd etilişiça, raqamning dastlabki bahosi deyarli 2 million dollar (13,6 million yuan) qilib belgilangan. Hozirça kim oşdi savdosida heç kim iştirok etmagan. 

Sotuvçilar raqamning heç qanday yaşirin çeklovlari yöqligini va sotib olingandan söng darhol foydalaniş mumkinligini, şuningdek, uning hisobidagi qoldiq 55 ming dollarni taşkil etişini, u alohida tölanişini ta’kidlaşgan. Şu bilan birga, Ali platformasi auksionning ehtimoliy ğolibini umumiy qiymatning 5 foizi miqdorida komissiya tölaşi kerakligi haqida ogohlantirgan. 

Auksion boşlanişi bilan uni ön minglab xitoyliklar kuzata boşlagan. Biroq, foydalanuvçilar bunday qimmat raqamga xaridor topilişidan şubha qilişmoqda. Xitoyliklar fikriga köra, bunday miqdordagi pulga ega odam eslab qoliş juda oson bölgan raqamni sotib olmaydi, çunki uni firibgarlar va spamerlar bezovta qilişi mumkin. Bundan taşqari, boy odamlar telefon raqamining çiroyli ekanini emas, balki şaxsiy hayoti sir qolişini afzal körişadi. 

Avvalroq, Xitoy kompaniyalaridan biri 135–8585–8585 mobil raqamini auksionda 1,1 million dollarga xarid qilgan edi. Xitoy tilida uşbu raqamlarning talaffuz qilinişi boy böliş haqidagi tilakning tört marta takrorlanişiga öxşab ketadi. 

2006 yilda Qatar Telecom 666-6666 mobil raqamini xayriya auksionida 10 million riyolga (2,75 million dollarga) sotişga muvaffaq böldi. Dastlabki bahosi 1 million dollar qilib belgilangan uşbu raqam auksionida atigi 8 kişi iştirok etişga xohiş bildirgan edi.