“Maktab direktori lavozimiga nomzodlarga menejyerlik sertifikatini beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi maktablarda direktor lavozimida faoliyat olib boriş huquqini beruvçi menejyerlik sertifikatini beriş tartibini nazarda tutuvçi maktab direktori lavozimi nomzodlariga menejyerlik sertifikatini beriş tartibi töğrisida nizom tasdiqlanadi.
Xalq ta’limi vazirligi 2023 yil 1 yanvardan boşlab A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantiriş va yangi metodikalarga örgatiş milliy-tadqiqot instituti tuzilmasida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Xalq ta’limi xodimlari bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholaş markazi maxsus portali orqali nomzodlarga boşqaruv sohasiga oid bilim könikmalarini baholaş va natijasi böyiça davlat namunasidagi menejyerlik sertifikatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qöyilgan elektron şaklda beriş tizimini joriy qiladi.
Nizomga köra, umumta’lim maktabi direktor lavozimiga nomzodlar boşqaruv sohasiga oid bilim könikmalarini baholaş va natijasi böyiça davlat namunasidagi menejyerlik sertifikatini beriş A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantiriş va yangi metodikalarga örgatiş milliy-tadqiqot instituti tuzilmasida Xalq ta’limi xodimlari bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholaş markazi maxsus portali orqali nomzodlarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qöyilgan elektron şaklda amalga oşiriladi.
Nizom talablari amalda faoliyat olib borayotgan umumta’lim muassasalari direktorlariga tatbiq etilmaydi. Sertifikat 3 yil davomida amal qiladi. Nomzodlar sertifikat amal qiliş muddati davomida ham navbatdan taşqari sertifikat olişi böyiça test sinovlarida iştirok etişi mumkin.
Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejyerlik sertifikatini oliş uçun milliy-tadqiqot institutida maxsus pulli dasturlar asosida jamoada işlaş va ota-onalar bilan muloqot qiliş, boşqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oşiriş hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari könikmalariga öqitiladi. Milliy-tadqiqot institutida maxsus pulli dasturlar nomzodlar va institut tomonidan tuzilgan şartnoma asosida öqitiladi. Menejyerlik kursida bir tinglovçi öqiş xarajatlari milliy-tadqiqot instituti tomonidan işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.
Sertifikat oliş uçun nomzodlardan bazaviy hisoblaş miqdori bir baravari miqdorida bir martalik tölov undiriladi. Tölovlar milliy-tadqiqot instituti budjetdan taşqari hisobvaraqlariga ötkaziladi. Markaz faoliyati, xodimlar iş haqi tölovlari milliy-tadqiqot instituti budjetdan taşqari mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.

















