Prezident selektorida e’lon qilinishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi.

Bunda:

  • undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla budjetida qoladi;
  • har yili 1 fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla budjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro‘yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;
  • kelgusi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.