Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) 11 oktyabr, seşanba kuni 2023 yilda global iqtisodiy ösiş prognozini 2,7 foizgaça pasaytirdi. Taqqoslaş uçun: iyul oyida taşkilot ekspertlari jahon yalpi içki mahsulotining 2,9 foizga ösişini hisoblaşgan. Yevrozonada bu körsatkiç atigi 0,5 foizni taşkil qiladi, bu haqda «Jahon iqtisodiyoti rivoji istiqbollari» (World Economic Outlook) deb nomlangan joriy hisobotda aytilgan.
«Qisqasi, eng yomoni hali oldinda va odamlar uçun 2023 yil turğunlik sifatida qabul qilinadi», deb ta’kidlaydi XVJ tadqiqot departamenti direktori Per-Olive Gurinş hujjatning kiriş qismida. «Böronli bulutlar yiğilayotganda, siyosiy qarorlar qabul qiladiganlar özini xotirjam tutişi kerak», deb tavsiya qilgan u.
Şu bilan birga, XVJ joriy prognozning işonçsizligiga e’tibor qaratadi: sababi, jahon iqtisodiyotining kelajagi markaziy banklar pul-kredit siyosatiga, Ukrainadagi uruşning borişiga va Xitoy uçun COVID-19'ning keyingi oqibatlariga juda boğliq.
Germaniya iqtisodiyoti, XVJ ma’lumotlariga köra, 2022 yilda 1,5 foizga ösadi va 2023 yilda 0,3 foizni yöqotadi. Şunday qilib, 2022 yil iyul oyidagi hisobot bilan taqqoslaganda, taşkilot Germaniya iqtisodiyoti uçun ösiş kutilmalarini 1,1 foiz punktga pasaytirdi.
XVJ ekspertlari nuqtayi nazaridan Italiyani kelgusi yil turğunlik kutmoqda. Uning yalpi içki mahsuloti 0,2 foizga qisqaradi, deyiladi World Economic Outlook hujjatida.
Rossiyada iqtisodiyot hajmi 2022 yilda 3,4 foizga, 2023 yilda esa 2,3 foizga qisqaradi. Bu iyul oyiga qaraganda ança optimistik prognoz. Öşanda XVJ Rossiya yalpi içki mahsuloti joriy yilda 6 foizga, kelasi yili esa 3,5 foizga qisqarişini taxmin qilgan edi.
Belarus iqtisodiyoti 2022 yilda 7 foizga pasayadi, biroq tahlilçilar prognoziga köra, bir yildan keyin u biroz ösadi - 0,2 foizga. Şu bilan birga, joriy yilda Ukraina yalpi içki mahsuloti 35 foizga qisqaradi, deyiladi hisobotda. XVJ iqtisodçilari Ukraina iqtisodining 2023 yil uçun prognozini bermayapti, bu «noaniqlikning yuqori darajasi» bilan izohlanmoqda.
Ayni paytda, XVJ prognoziga köra, dunyodagi eng yirik AQŞ iqtisodiyoti 2022 yilda 1,6 foizga, 2023 yilda esa 1 foizga ösadi.
XVJ hisob-kitoblariga köra, inflatsiya 2022 yilning uçinçi çoragida 9,5 foizni taşkil etadi, ammo 2024 yilga borib iste’mol narxlari ösişi 4,1 foizgaça pasayadi.












