Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro aeroportini boshqarish Malayziya kompaniyasiga berilishi mumkin
Buxoro viloyati delegatsiyasining Malayziyaga amaliy tashrifi doirasida Transport vazirligi va Uzbekistan Airports hamda Malaysia Airports Holdings Berhad (MAHB) kompaniyalari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto: Uzbekistan Airports
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Malayziya tajribasini joriy etish orqali O‘zbekistonda aeroport xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari Javlon Umarxo‘jayev O‘zbekiston aeroportlarini rivojlantirish strategiyasi bilan hamkorlarni tanishtirdi va «Buxoro» xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va DXSh asosida boshqaruvga o‘tkazish uchun tadbirkorlarni jalb qilish mexanizmlari haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Malayziya kompaniyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish va qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazish hamda Buxoro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasi haqida batafsil ma’lumot taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
16:14 / 12.01.2026
Oslo aeroporti dron sabab uchish-qo‘nish yo‘lagini vaqtincha yopdi
15:48 / 12.01.2026