Fransiya energiya inqirozi fonida Germaniyaga gaz yetkazib berişni boşladi. Parijdagi GRTGaz operatori xabar berişiça, 13 oktyabr, payşanba kunidan boşlab gaz Saar federal hududidagi Niderxaylbax aholi punkti yaqinida ikki davlat örtasidagi yagona markaz orqali yetkazib berilmoqda.

«Ukrainadagi uruş tufayli yuzaga kelgan yangi energetik vaziyatda Fransiya özining nemis qöşnisiga töğridan töğri gaz yetkazib beriş orqali unga birdamlik körsatmoqda», — deyiladi xabarda. Birinçi bosqiçda Germaniya har kuni Fransiyadan soatiga 31 gigavatt gaz oladi. Maksimal mumkin bölgan quvvat kuniga 100 gigavatt soatni taşkil qiladi. 

Mamlakatlar örtasidagi yagona magistral dastlab Germaniyadan Fransiyaga gaz yetkazib beriş uçun möljallangandi, şuning uçun birinçi navbatda zarur tuzatişlar kiritilişi kerak. Ular Rossiya gazining Yevropaga yetkazib berilişi keskin qisqarişi munosabati bilan, şuningdek, energiya xavfsizligi sohasida Yevropa birdamligi doirasida amalga oşirilişi kerak, deyiladi GRTGaz xabarida. 

Ayni paytda işlab çiqariş quvvatlari pasaytirilgan atom elektr stansiyalariga ega Fransiya buning örniga oğir qiş oylaridan ötiş uçun Germaniyadan elektr energiyasi oladi. Fransiyada texnik xizmat körsatiş tufayli 56 ta atom elektr stansiyasidan faqat 30 tasi işlamoqda. Kelgusi haftalarda 40 ta, yanvarda esa 46 ta atom elektr stansiyasi tarmoqqa ulanişi kerak. Ayni paytda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan e’lon qilingan bu rejalar atom elektr stansiyasi xodimlarining iş taşlaşlari tufayli barbod bölişi mumkin.