Germaniya va NATOning yana 14 davlati Yevropa havo hujumidan mudofaa tizimini yaratiş loyihasini boşladi. Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext va uning 14 nafar hamkasbi 13 oktyabr, payşanba kuni Bryusselda European Sky Shield havo hujumidan qalqonni yaratiş niyati töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi.
Lambrextning sözlariga köra, loyihadan maqsad - «havo hujumidan mudofaa tizimidagi böşliqlarni yopiş». Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi fonida vazir ta’kidlaganidek, hozirgi zamon «tahdidli, qiyinçiliklarga töla davrdan iboratdir».
Germaniya taşabbusi bilan amalga oşiriladigan loyiha doirasida ballistik, qanotli raketalar va jangovar uçuvçisiz uçoqlarni yöq qilişga möljallangan turli havo hujumidan mudofaa tizimlarini birlaştiriş rejalaştirilmoqda. Uşbu tizimlar orasida Germaniyaning Iris-T tizimi bor, ulardan biri Germaniya tomonidan yaqinda Ukrainaga yetkazib berilgan. Bundesverning özi hali bu tizimlarni işga tuşirmagan.
«Hozirda Patriot, Iris-T va undan ham yaxşiroq havo hujumidan mudofaa tizimlarini tezda oliş muhim», dedi Lambrext. AQŞ-Isroilning Arrow 3 raketalarni tutib oliş tizimi şunday qurilma sifatida körib çiqilmoqda. Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Norvegiya, Latviya, Vengriya, Bolgariya, Belgiya, Çexiya, Finlandiya, Litva, Niderlandiya, Ruminiya va Sloveniya qöşma deklaratsiyani imzoladi. Loyihaga Estoniya ham qöşiliş niyatida.
Germaniya kansleri Olaf Şols avgust oyining oxirida Yevropa havo hujumidan mudofaa tizimini yaratişni «butun Yevropa uçun xavfsizlik foydasi», şuningdek, arzonroq va samaraliroq muqobil holat deb atadi, sababi, uning tuşuntirişiça, ittifoqçilarning har biri faqat özi uçun qimmat, juda murakkab havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olişlari şart bölmaydi.











