«Rosfinmonitoring» 11 oktabr kuni Amerikaning Meta Platforms Inc. korporatsiyasini terrorçilar va ekstremistlar reyestriga kiritdi. Uşbu röyxatda «Al-Qoida» va «Tolibon» harakatlari ham bor.
Qoidaga köra, bu reyestrga kiritilgan kompaniyalarning bank hisobraqamlariga taqiq qöyiladi. Bu qoida Meta korporatsiyasiga nisbatan amal qilişi yoki yöqligi hozirça noma’lum.
Şu yilning mart oyida Rossiya boş prokuraturasi Meta kompaniyasi faoliyatini «Rossiya va uning Qurolli Kuçlariga qarşi qaratilgan»likda ayblagan edi. Şundan söng, uşbu taşkilot sud tomonidan ekstremistik deb topildi.
Rossiya rasmiylari fikriga köra, Meta kompaniyasi Ukraina hududidagi qurolli mojaro şaroitida Rossiya harbiylariga, şuningdek, Rossiya prezidenti va Belarus prezidentiga nisbatan «nafrat tili»dan foydalanişga vaqtinça ruxsat bergan. Aynan şu sabab taşkilot ekstremistlar röyxatiga kiritilgan.
Meta kompaniyasi bu ayblovga javoban, rusofobiyaga qarşi ekanini aytdi. Şuningdek, gap faqat rossiyalik harbiy xizmatçilar va amaldorlar haqidagi hissiyotli bayonotlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritdi.
Eslatib ötamiz, Meta kompaniyasi Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga, WhatsApp mobil ilovasiga egalik qiladi. Facebook va Instagram Rossiya hududida bloklangan. Ammo rossiyaliklarning uşbu tarmoqlardan va ilovadan foydalanişiga taqiq qöyilmagan.











