
«Men Moskvada yaşayman, lekin heç qaçon Rossiya fuqarosi bölmaganman. Şunga köra, men heç qanday harbiy hisobda turmayman. Men allaqaçon Özbekiston elçixonasiga murojaat qildim, ular menga kelib ariza yozişimni aytişdi, şuningdek, çaqiruv qoğozi böyiça heç qayerga bormasligim haqida ogohlantirişdi», — dedi Siroj Nabiyev.
Naşrning yozişiça, bu Rossiyada xorijliklarga çaqiruv qoğozini topşiriş böyiça birinçi holat emas. Oktabr oyi boşida şu yöl bilan Peterburgda Qozoğiston fuqarosini armiyaga çaqirişga urinib körişgani xabar qilingan edi. Mahalliy harbiy komissarlik çaqiruv qoğozi «xato» tufayli yuborilganini tan oldi, ammo ular erkak kişiga «röyxatdan ötiş va bu haqda boşqa öylamaslik» uçun baribir komissarlikka kelib-ketişni tavsiya qilişdi.
Bundan taşqari, OAV Vladimir Putin e’lon qilgan «qisman» safarbarlikdan söng Rossiyaning Peterburgdan Vladivostokkaça bölgan turli şaharlarida yaşovçi yuzlab tojikistonliklar çaqiruv qoğozi olgani haqida yozgan.
Avvalroq, şuningdek, Moskva oblastining Podolsk şahrida Özbekiston fuqarosiga harbiy komissarlikka kelişni talab qilgan çaqiruv qoğozi topşirilgani xabar qilingandi.












