Insoniyat endi moliyaviy inqiroz paytida nima qilişni biladi. Nobel olgan Bernanke haqida
|05:34 / 14.10.202217 3029 min
Jorj Buş va Barak Obama davrida AQŞ Federal rezerv tizimini boşqargan Ben Bernanke iqtisodiyot böyiça Nobel mukofotiga sazovor böldi. Uning tadqiqotlari yirik moliyaviy inqirozlarning öta yomon oqibatlaridan qutqarib qolgani e’tirof etiladi. Bernanke öz faoliyati bilan butun dunyo iqtisodçilarining moliyaviy inqirozlar haqidagi fikrlarini özgartirib yuborgan.
Ben Barnanke / Foto: brookings.eduBen Barnanke / Foto: brookings.edu
Pandemiya inqirozidan tiklanib ulgurmagan dunyo iqtisodiyoti uruş sababli yangi inqiroz yoqasida turibdi. Lekin, umidbaxş yangilik şuki, moliyaviy texnokratlarning salbiy voqealar rivojiga hozirgi tayyorgarligi 2008 yilgi inqirozdan köra ança yaxşiroq. Bunga sabab esa – amerikalik uç iqtisodçining tadqiqotlaridir.
Ayni şu global iqtisodiy vaziyat sabab bölgan şekilli, iqtisodiyot böyiça bu yilgi Nobel mukofoti banklar va moliyaviy inqirozlar böyiça tadqiqotlari uçun Bernanke, Daymond va Dibvigga berildi.
Ben Bernanke AQŞ Federal zaxira tizimining (FED) sobiq raisi, Duglas Daymond Çikago universiteti professori, Filip Dibvig esa Sent-Luisdagi Vaşington universiteti professoridir.
Foto: Nobel qömitasi
Stokholmdagi Şvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasidagi Nobel qömitasining qayd etişiça, bu uç iqtisodçi tomonidan 1983 va 1984 yillarda çop etilgan tadqiqotlar iqtisodiyotni barqaror uşlab turiş yoki inqirozga olib kelişda banklarning rolini juda yaxşi tuşuntirib bergan.
Qömita ularning işlari moliyaviy inqirozlarning oldini oliş va oqibatlarini bartaraf etişga katta hissa qöşganini e’tirof etdi.
Olimlar öz tadqiqotlari bilan siyosatçilarga bank tizimida jiddiy xatolarga yöl qöymaslikning muhimligini körsatişgan.
Nobel mukofoti sovrindorlari nomlari e’lon qilingaç, eng köp muhokamalarga sababçi bölgan olim Bernanke böldi.
Amerikalik 69 yoşli iqtisodçi – Harvard universiteti bitiruvçisi. U doktorlik dissertatsiyasini Massaçuset texnologiya institutida yoqlagan.
Ben Stenfordda, keyin esa Prinston universitetida iqtisoddan dars bergan, u yerdagi akademik faoliyatini 2002 yilgaça, davlat xizmatiga ötgunça davom ettirgan.
Bernanke ilk bor 2005 yilda prezident Jorj Buş tomonidan FED raisi etib tayinlangan.
Mavzuga oid
2009 yilda prezident Barak Obama uni ikkinçi muddatga rais lavozimiga nomzod qilib körsatdi. 2014 yilda uning örniga Jenet Yyellen rais etib tayinlandi.
Bernanke Federal zaxira tizimi raisi sifatida ikki muddat xizmat qilişdan oldin 2002 yildan 2005 yilgaça Federal rezerv boşqaruv kengaşi a’zosi bölgan.
Dunyoning eng katta iqtisodiyoti inqirozdan qanday olib çiqilgan edi?
Bernanke AQŞda 1930-yillarda kuzatilgan Buyuk depressiyani çuqur tahlil qilgan. Bu boradagi izlanişlari natijalarini FED rahbari sifatida 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan çiqiş uçun amaliyotda qölladi.
Ya’ni u moliyaviy tizimga işonçni tiklaş uçun agressiv va eksperimental yondaşuvni qölladi.
Barak Obama va Ben Bernanke / Foto: Oq uy
FED global inqirozni uşlab turiş uçun qöllagan köplab strategiyalardan biri iqtisodiyotni barqarorlaştiriş uçun past foizli siyosatni joriy qiliş edi. Bernanke rahbarligi ostida FED foiz stavkalarini deyarli nolga tuşirdi. Federal mablağlar stavkasini pasaytiriş orqali banklar bir-birlariga pastroq stavkada qarz berişadi va öz navbatida iste’molçilar va korxonalarga past foiz stavkalarini taklif qilişlari mumkin böladi.
Şaroitlar yomonlaşgani sababli, Bernanke miqdoriy yumşatiş dasturini taklif qildi. Miqdoriy yengillaştiriş sxemasi iqtisodiyotdagi pul massasini oşiriş uçun ğaznaçilik qimmatli qoğozlari va ipoteka bilan ta’minlangan qimmatli qoğozlarni (MBC) noan’anaviy sotib olişni öz içiga olgan edi. Uşbu qimmatli qoğozlarni katta miqdorda sotib olib, FED ularga bölgan talabni oşirdi, bu esa narxlarning oşişiga olib kelgan.
Obligatsiyalar narxi va foiz stavkalari teskari boğliq bölgani sababli, foiz stavkalari yuqori narxlarga javoban pasaygan. Past foiz stavkalari biznes investitsiyalarini moliyalaştiriş xarajatlarini pasaytirgan va şu bilan biznesning moliyaviy holati yaxşilangan.
Faoliyatini mustahkamlaş orqali korxonalar köproq iş örinlarini yaratişga muvaffaq bölgan, bu esa işsizlik darajasini pasaytirişga yordam bergan.
Ben Bernanke, şuningdek, bir qança muammoli yirik moliya institutlarini qutqarib, yomonlaşib borayotgan iqtisodiy şaroitlar oqibatlarini yumşatişga yordam berdi. Federal zaxira tizimi Lehman Brothers'ning bankrot bölişiga yöl qöyiş qarorini qöllab-quvvatlagan bölsa-da, AIG Insurance kabi bankrot böliş xavfi yuqori bölgan kompaniyalarni qutqardi.
2008 yilgi inqiroz paytida Bernanke Federal rezerv tizimini Markaziy bank kuçidan keng foydalanişga undadi, foiz stavkalarini nolga yaqin tuşirdi va iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş maqsadida öşa paytdagi rekord darajadagi 4 trillion dollar aktivlarni yiğdi.
Xalqaro Valuta Jamğarmasining sobiq boş iqtisodçisi Oliver Blançard iqtisodçi Bernanke hozirda hayot bölgan boşqa iqtisodçilarga qaraganda global ösiş uçun köproq iş qilganini ta’kidlaydi.
“Moliyaviy inqiroz vaqtida uning sa’y-harakatlarisiz yalpi içki mahsulot undan ham köproq qulagan bölardi. U nafaqat moliyaviy, boşqa sabablarga köra ham mukofotga loyiqdir”, – deb yozdi u Twitter'da.
Ben va Anna Barnanke / Foto: FED
Nobelga loyiq tadqiqotlar
Bernankening FED rahbari sifatidagi faoliyati e’tirofga loyiq bölsa-da, unga Nobel mukofoti berilişiga asosiy sabab – ilmiy tadqiqotlaridir.
Bernanke öz izlanişlari bilan bank tizimidagi inqirozlar iqtisodiy tanazzullarning natijasi emas, balki bu inqirozlarning qança çuqur va uzoq davom etişini belgilovçi omil ekanini körsatib bergan.
Banklar inqirozga uçraşining tadqiq etilgan yana bir salbiy tomoni şunda ediki, banklar qulaganida qarz oluvçilar haqidagi qimmatli ma’lumotlar ham ğoyib bölgan va bu yangi institutlar uçun jamğarmalarni samarali investitsiyalarga aylantirişni qiyinlaştirgan.
Nobel qömitasi uning tadqiqotlari COVID-19 pandemiyasidan keyingi global moliyaviy inqirozdan çiqişga yordam berganini ham ta’kidlaydi.
Markaziy bank siyosatdan xoli bölişi kerak
Bernanke Federal zaxira tizimi va boşqa markaziy banklar özlarining muhim iqtisodiy qarorlarini siyosiy aralaşuvdan xoli qabul qiliş qobiliyatini himoya qilişlari kerakligi haqida fikrlari ham alohida e’tiborga molik. Uning bu fikrlari 2010 yilda, FED raisi bölgan paytlarda yangragan edi.
Hukumatlar 2008 yildagi kabi yana bir global moliyaviy inqirozning oldini oliş böyiça sa’y-harakatlarni davom ettirar ekan, Bernanke FED va boşqa mamlakatlar markaziy banklarining pul-kredit siyosati – foiz stavkalarini belgilaşda mustaqilligini saqlab qoliş muhimligini ta’kidlagan.
U ba’zan Markaziy banklar inflatsiyani jilovlaş uçun siyosatçilarga yoqmaydigan qarorlar qabul qilişiga töğri kelişini aytgan. Iqtisodçi garçi past foiz stavkalari odamlarga yoqib, siyosatçilarga saylov kompaniyalariga obro‘ olib kelsa-da, uning oqibatlari juda yomon bölişini, istiqbollarni yomonlaştiradigan inflatsiya bosimi yuzaga kelişidan ogohlantirgan.
U, şuningdek, FED'ning uzoq muddatli qimmatli qoğozlarni sotib oliş böyiça qarorlari, foiz stavkalarini pasaytiriş harakati siyosiy aralaşuvdan himoyalangan bölişi kerakligiga urğu bergan.
Tanqidlar…
Bernankening Nobelga loyiq körilişi unga nisbatan tanqidlarni yana jonlantirdi.
Hatto uning tarafdorlari ham 2002 yildan 2005 yilgaça FED raisi sifatida Bernanke uy-joy inqirozining ogohlantiruvçi belgilarini e’tiborsiz qoldirganini tan olişadi. Tanqidçilar uning 2008 yildagi harakatlari inflatsiyaning ösişi va bugungi iqtisodiy muammolarga bevosita sababçi bölgan deb hisoblaşadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar davomida Harvard universiteti doktoranti, iqtisodçi Botir Qobilov Bernankega nisbatan tanqidlarni şunday tuşuntiradi:
“Köpçilik uni 2008-2009 yillardagi krizis paytida markaziy bank raisi bölgani uçun taniydi. Vaholanki, uning akademik karerasi va tadqiqotlari undan muhimroq. Bernanke kabi akademik karerasidagi izlanişlarni davlat işida özi amalda qöllaydigan iqtisodçilar juda kam bölsa kerak. Uning fikrlari va amaliy işlari akademiyadan tortib markaziy bank siyosatigaça mantiqiy”.
“Nobel olişimni kutmagan edim”
Bernankening özi jurnalistlarga bergan intervyusida mukofot olişini xayoliga ham keltirmaganini aytdi.
“Biz buni mutlaqo kutmagan edik va şu sababli rafiqam bilan keça (ğoliblar e’lon qilinişidan bir kun oldin) telefonlarni öçirib uxladik. Ammo Çikagodagi qizim qönğiroq qilib bu yangilikni aytdi”, – deydi Bernanke jurnalistlar bilan suhbatda.
2022 yil avgustdagi ma’lumotlarga köra, Ben Bernanke hozirda Vaşingtonda joylaşgan notijorat jamoat taşkiloti Brukings institutida iqtisodçi bölib işlaydi; u yerda fiskal va pul-kredit siyosati böyiça maslahatlar beradi.
Boşqa ğoliblar
Duglas Daymond / Foto: Jim Vondruska / Reuters
Filip Dibvig / Foto: Associated Press
2022 yilgi iqtisodiyot böyiça Nobel mukofotining yana ikki laureati – Duglas Daymond va Filip Dibvig ham banklar va inqirozlar haqidagi tadqiqotlari sabab e’tirof etildi.
Daymond va Dibvig 1983 yilda qarz oluvçilar uzoq muddatli moliyalaştirişga ega bölganida banklar qanday qilib likvidlikni saqlab qolişiga oid nazariy modelni işlab çiqqan.