Moskva va Sankt-Peterburg aholisi 14 oktyabr, juma kuni ertalabdan boşlab erkaklar ommaviy qölga olinayotgani va ularga harbiy komissarlikka keliş böyiça çaqiruv qoğozlari berilayotgani haqida xabar qilyapti. Bu haqda mahalliy SOTA, Baza, Avtozak LIVE axborot kanallari yozmoqda.

Sankt-Peterburgda politsiya xodimlari va fuqarolik kiyimidagi odamlar şaharning Kalininskiy tumanidagi «Kalina park» va «Polyustrovo park» turar joy majmualarida, şuningdek, Voroşilov köçasida hamda Nevskiy tumanidagi «Ladojskiy park» turar joy majmuasida erkaklarni töxtatgan.

«Bizning turar joy majmuamizda reyd ötkazildi, politsiya, yöl-patrul xizmati xodimlari, fuqarolik kiyimidagi şaxslar. Ötkinçilar, maşinalar töxtatilmoqda, uylarga kirib-çiqişyapti», degan «Ladojskiy park»dagi kvartiraning egasi «Fontanka» gazetasiga. Kalininskiy tumani ma’muriyati naşrga çaqiruv qoğozlari «ma’lumotlarga aniqlik kiritiş uçun» ommaviy ravişda tarqatilgani va yopiştirilganini, politsiya harbiy komissarlik va mansabdor şaxslarga «yordam körsatganini» bildirdi. Mintaqaviy IIV Boş boşqarmasi matbuot xizmatining ta’kidlaşiça, politsiya xodimlari çaqiruv qoğozini topşirmagan, faqat jamoat tartibini qöriqlagan. 

Moskvada politsiya va harbiy komissarlar «Galaktika» savdo markazi va kamida 13 ta metro bekati taşqarisida harbiy xizmatga çaqiriluvçilarni qidiriş bilan ovora. 

«Örtoq boşliqlar, sizlar qonunbuzarlik qilib, jamiyatda sodir bölayotgan har bir voqeaga nisbatan duşmanlik kayfiyatini uyğotayotganingizni tuşunyapsizmi? Bunday xatti-harakatlardan ukrtarğibotdan köra köproq zarar bor. «Reydlar» haqidagi xabarlarni soxta deb öyladim, lekin menga şaxsan özim bilgan va töliq işongan odamlar aytişdi», — deb yozgan Inson huquqlari böyiça kengaş (IHK) a’zosi Kirill Kabanov Telegram-kanalida. U IHK rahbari Valeriy Fadeyevdan prokuraturaga murojaat qilişni söramoqçi. Senator Andrey Klişas Kabanovga «har bitta şunday signal tekşirilişi kerak, agar tasdiqlansa, bunday reydlarga ruxsat bergan mansabdor şaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilişi kerak», deb javob qaytardi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 sentabr kuni «qisman safarbarlik» e’lon qilib, «ayrim toifadagi fuqarolar»dan 300 ming kişini çaqiriqqa jalb qilişga va’da berdi. Aslida, safarbarlik ommaviy bölib çiqdi va köplab qonunbuzarliklar bilan amalga oşirilmoqda. Köp odamlar undan qoçişga harakat qilişyapti. Jurnalistlarning ma’lumotlariga köra, dastlabki ikki haftaning özida 53 ta mintaqadan 200 mingdan ortiq kişi frontga jönatilgan. Rossiya hukumati Ukrainada safarbar qilingan beş kişi allaqaçon halok bölganini tan oldi. Yiğin punktlarida 20 ga yaqin odam hayotdan köz yumdi.