Sönggi ikki yilda Özbekistonda Tojikiston kapitali iştirokida 101 ta korxona taşkil etildi va ularning umumiy soni 2022 yil 1 oktabr holatiga köra 279 taga yetdi.
Özbekiston Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2020 yilning şu davrida ularning soni 178 tani taşkil etgan.
Tojikiston Özbekistonda xorijiy kapital iştirokidagi korxonalar soni böyiça Rossiya, Turkiya, Xitoy, Qozoğiston, Janubiy Koreya, AQŞ va Qirğizistondan keyin 8-örinda turadi.
2022 yil oktabr holatiga köra, Özbekistonda xorijiy kapital iştirokidagi korxona va taşkilotlar soni 14 768 tani taşkil etgan.
Özbek-tojik qöşma korxonalarini taşkil etiş ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning doimiy muhokama qilinadigan masalalaridan biridir.
Rasmiy statistikaga köra, mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş miqdori ösib bormoqda: 2016 yildagi 69,2 million dollardan 2022 yil avgustida 370 million dollarga yetdi.
Tojikiston Özbekistonga birlamçi alyuminiy, elektr energiyasi, paxta tolasi, ruda, sement, teri xomaşyosi, pilla, ipak xomaşyosi, turli gazlamalar, alkogolli içimliklar, gilam va boşqalarni yetkazib beradi.
Özbekistondan Tojikistonga tabiiy gaz, töqimaçilik mahsulotlari, mineral öğitlar, plastmassa, poyabzal, kulolçilik mahsulotlari, rangli metallar, elektrotexnika va mexanik uskunalar eksport qilinadi.










