«Yuksaliş» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov telegram sahifasi orqali Rossiyadan kelib, Özbekistondagi şaroitlar töğrisida turli salbiy fikrlar bildirayotganlarga murojaat qildi.
«Relokantlar/mehmonlarga.
Tinç va mehmondöst Özbekistonni tanlaganingizdan xursandmiz.
Siz öz tajribangiz, bilim va malakangizni mamlakatimiz rivojiga olib kirişingiz mumkin. Siz yangi (masalan, IT va kreativ iqtisodiyot) sohalar rivojiga turtki berişingiz, turli sohalardagi jarayonlarni yaxşilaşingiz mumkin. Orangizda öz hissasini qöşişni boşlaganlar bor.
Şu bilan birga, bir narsani tuşunişingiz kerakki, mehmonlar soni köpayişi tufayli ijtimoiy infratuzilmalarga bosim bölişi, oziq-ovqat va uy-joy narxlariga ta’siri qilişi va boşqa bir qator çaqiriqlar paydo bölişi tabiiy.
Şunga qaramay, özingiz sezgan bölsangiz kerak, özbek jamiyati barça mehmonlarga juda mehmondöst. Özbekiston xalqi öz tarixida rahm-şafqat, insonparvarlik va mehmondöstlikni köp bor isbotlagan.
Bizda söz erkinligi bor. Bu yerda siz xizmatlar sifati haqida fikr bildirişingiz, muammolar haqida oçiq gapirişingiz mumkin.
Biroq, etika va madaniyatni unutmaslik kerak. Erkin fikringizni senzurasiz sözlarsiz va odamlar qadr-qimmatini kamsitişga urinişlarsiz amalga oşirişing. Özbekistonda bu qadrlanadi. Odamlarni, urf-odat va jamiyat qoidalarini hurmat qiliş kerak.
Siz tuşunişingiz kerakki, har bir mamlakat va jamiyatning öziga xos xususiyatlari, madaniy kodi bor, muayyan harakatlar va sözlar ğazab va tuşunmovçilikka olib kelişi mumkin. Vaziyatni taranglaştirişga emas, aksinça, yaxşi, kerakli, foydali narsalarni olib kelişga harakat qiling.
Jamiyat hayotida iştirok etişni istasangiz yoki takliflaringiz bölsa «Yuksaliş» harakati bilan boğlanişingiz mumkin. Biz yangi ğoyalarga oçiqmiz,
Mustaqil Özbekistonda islohotlarni ilgari surişga qaratilgan taşabbus va loyihalarni qöllab-quvvatlaşga tayyormiz.
Biz sizni ijobiy özgarişlar iştirokçisi bölişga çaqiramiz», deyiladi postda.
Ma’lumot uçun, Rossiyada harbiy safarbarlik e’lon qilingaç, ön minglab rossiyaliklar boşqa davlatlarga, xususan Özbekistonga qoçib kela boşladi.
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim rossiyalik qoçqinlar Özbekistondagi şaroitlar va muammolardan nolib videolar va postlar joylaştirgandi.












