Özbekiston elçisi Mansur Qiliçev Iskandariya şahrida joylaşgan Misr paxtaçilikka ixtisoslaşgan Xalqaro öquv markazi faoliyati bilan tanişdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Bundan közlangan maqsad Özbekiston va Misr paxta sanoati idoralari örtasida özaro hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, tajriba almaşiş va ICTC huzuridagi yangi kasb ta’limi dasturlari böyiça özbekistonlik mutaxassislar bilim, malaka va könikmalarini oşirişi uçun amaliyot ötaşini ta’minlaş masalalarini muhokama qiliş bilan izohlanadi. 

Diplomatiya missiyasi rahbari ICTC raisi Muhammad Halil Xidr bilan uçraşuv çoğida taşkilot laboratoriyalari va ICTC faoliyati bilan tanişdi. ICTC rahbari aytişiça, 1965 yilda taşkil etilgan uşbu markaz asosiy maqsad va vazifalari dunyoga maşhur, uzun, mustahkam tolali Misr paxtasi sifatini saqlaş, uning zararlanişi oldini olişdan iborat.

Markazda Osiyo va Afrika mamlakatlari mutaxassislari uçun ICTC huzurida 7-30 kunlik pulli öquv kurslari taşkil etiladi. Ularda paxta navlarini ajratiş va klassifikatsiya qiliş, namunalar asosida maxsus tekşiruvlar ötkaziş, namlikni aniqlaş, tozalaş, zararkunandalarga qarşi kuraşiş, yigiruv va töquv mahsulotlari sifatini belgilaş, paxta vaznini ölçaş, marketingini amalga oşiriş, eksportiga oid masalalar va boşqa dolzarb dasturlar böyiça kasbiy ta’lim va malaka oşiriş böyiça maşğulotlar olib boriladi.

Misrda paxta yiğimi oktabr-yanvar oylariga töğri kelgani bois, eng maqbul va samarali öquv kurslari uşbu muddatda taşkil etilişi ta’kidlandi. Muhammad Xidr Özbekiston bilan paxta sohasida hamkorlik örnatişdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.

Uçraşuv natijasida tomonlar bir guruh özbekistonlik mutaxassislarning ICTC bir oylik öquv kurslarida iştirok etişini taşkil qiliş böyiça kelişuvga erişdi.