Dunyoda avtomobil işlab çiqariş sohasi 2025 yilda ham avvalgi mavqeyini tiklab olmaydi.

Boston Consulting Group (BCG) ma’lumotlariga köra, sohadagi eng yuqori körsatkiçga 2017 yilda erişilgan va 95 million avtomobil işlab çiqarilgan edi.

BCG mutaxassislari hisob-kitobiga köra, 2022 yilda dunyoda 79 million dona, 2023 yilda esa 83 million dona avtomobil işlab çiqarilişi kutilmoqda. 2025 yilda avtomobillar işlab çiqariş hajmi 88 million donaga yetişi kutilmoqda.

BCG ma’lumotlariga köra, yarimötkazgiçlar bilan boğliq inqiroz tufayli paydo bölgan avtomobillar taqçilligi 2024 yil boşida bartaraf etiladi.

2022 yilning birinçi yarmida jahon bozorida avtomobillar taqçilligi 3,5 million donaga baholandi, uçinçi çorak yakunlariga köra, bu körsatkiç 2,5 millionga tuşib qoldi.

BCG hisob-kitobiga köra, 6-12 oy içida avtomobillarga bölgan talab pasayişi kutilmoqda.