«Rossiya Starlink tizimini öldirişga faol harakat qilmoqda. Tizimni himoya qiliş uçun SpaceX katta mablağ ajratdi. Şunday bölsa-da, Starlink baribir işdan çiqişi mumkin», dedi Mask. Milliarder Starlink tizimini boşqaradigan SpaceX kompaniyasiga rahbarlik qiladi.
Uning sözlariga köra, sun’iy yöldoş interneti hozirda frontda işlayotgan yagona aloqa tizimidir.
«Optik tolali kabellar, telefon liniyalari, uyali aloqa minoralari va jangovar hududlardagi boşqa kosmik aktivlar vayron qilingan. Endi Starlink Ukraina armiyasi uçun frontda yagona aloqa vositasidir», deb qöşimça qildi Mask.
Oktyabr oyi boşida milliarder Ukrainada Starlink tizimi işini ta’minlaş uçun SpaceX 80 million dollar sarflaganini, 2022 yil oxiriga kelib xarajatlar 100 million dollardan oşib ketişini aytdi. Şuningdek, Pentagonga Starlink xarajatlarini öz zimmasiga olişni taklif qilgan edi. 2023 yilda bu xarajatlar 400 million dollarga baholangan.
Keyinçalik Mask Ukrainani yana bir neça ming internet terminallari bilan ta’minlay olmasligini, ular uy xöjaliklariga qaraganda 100 baravar köp ma’lumotlardan foydalanişini aytdi. «Bu aqlga siğmaydi», dedi Mask.
Pentagon Ukrainadagi Starlink interneti xarajatlarini qoplaş haqidagi taklifni olganini tasdiqladi. Biroq, qanday çora-tadbirlarni körmoqçi ekani haqida xabar bermadi.













