Hujjat 2022 yil 12 oktyabrda e’lon qilindi.

Yangi harbiy doktrinada Qozoğiston heç qaysi davlatni öziga duşman deb hisoblamasligi qayd etilgan.

Şuningdek, Qozoğiston Respublikasi ratifikatsiya qilingan xalqaro şartnomalarga muvofiq, tinçlikparvar va boşqa operatsiyalarda iştirok etişi, şuningdek boşqa vazifalar va tadbirlarni bajarişi mumkinligi belgilangan.

Bundan taşqari, Qozoğiston Respublikasi kiradigan jamoaviy xavfsizlik kuçlari tarkibida harbiy tahdidlarga munosib javob berişga tayyorgarlikni ta’minlaşi qayd etilgan.

Şu jumladan, Qozoğiston va Rossiya Federatsiyasining havo mudofaasi böyiça yagona mintaqaviy tizimini rivojlantiriş, raketa hujumi böyiça ogohlantiriş tizimining asosiy elementlarini yaratiş va koinot kengliklarini nazorat qiliş közda tutilgan.

Şuningdek, Qozoğiston terrorizm, ekstremizm va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanişiga qarşi xalqaro kuraşda faol iştirok etişi, Qozoğiston Respublikasi harbiy-sanoat kompleksi mahsulotlarini tinçlikparvar operatsiyalarda (missiyalarda) foydalaniş uçun ta’minlaşi ham belgilab qöyilgan.