Yer sayyorasidagi eng ekologik toza smartfonlarni aniqlaş böyiça ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, Apple, Google va Sony kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan smartfonlar reytingda eng yuqori örinlarni egalladi. Tadqiqotçilar yiliga kamida 1 million smartfon sotadigan kompaniyalar mahsulotlarini örganişdi.
Samsung kompaniyasi reytingda törtinçi böldi, Motorola, Xiaomi va OnePlus kompaniyalari mahsulotlari eng quyi örinlarni egalladi.
Eng ekologik toza smartfonlarni işlab çiqaruvçi kompaniyalar reytingi:
1.Apple
2.Google
3.Sony
4.Samsung
5.Vivo
6.Huawei
7.Oppo
8.Alcatel
9.Motorola
10.Xiaomi
11.OnePlus
2022 yilda Apple kompaniyasi issiqxona gazi çiqindilarini 2021 yilga nisbatan 9,96 foizga kamaytirdi. Samsung esa aksinça, xuddi şu vaqt içida çiqindilar 13 foizga ösdi.
Reyting quyidagi mezonlar asosida tuzildi:
• Issiqxona gazi çiqindilari miqdorining yil davomida özgarişi;
• Uglerod neytrallik;
• Çiqindilar miqdorini nolga tuşiriş maqsadi;
• Plastmassadan foydalanişni kamaytiriş;
• Qayta tiklanadigan energiyadan foydalaniş;
• Qayta işlangan çiqindilar uluşi;
• Qayta işlaş maqsadi;
• Qayta işlangan materiallar uluşi;
• Qayta işlangan smartfonlar soni.












