O‘zbekiston | 10:32 / 17.10.2022
869
2 daqiqa o‘qiladi

AKT sohasida startap loyihalar bo‘yicha prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi

Foto: Shutterstock

“Yoshlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha prezident sovrini uchun President Tech Award tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Prezident qarori bilan 2023 yil martdan boshlab har yili yoshlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy mukofot jamg‘armasi bir million AQSh dollari bo‘lgan prezident sovrini uchun tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilgan.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi prezident sovrini uchun President Tech Award tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:

  • eksportga yo‘naltirilgan va jahon IT-bozoriga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yaratilishini qo‘shimcha rag‘batlantirish;
  • yoshlar tomonidan ilgari surilgan biznes-g‘oyalar va istiqbolli startap-loyihalarni saralash;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yoshlar o‘rtasida ingliz tilini ommalashtirish;
  • mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida prezident sovrini uchun tanlovlarni muntazam o‘tkazish orqali yoshlarning ushbu sohaga qiziqishini oshirish.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari tanlov yakuniy bosqichida ishtirok etadigan 25 nafar jamoa orasidan jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali aniqlanadi. Bunda, jamoatchilik tomonidan ovoz berish natijasiga muvofiq: har bir yo‘nalish bo‘yicha eng ko‘p ovozga ega bo‘lgan 1-2-3 o‘rin egallagan (jami 15 ta) jamoalar tanlov g‘oliblari; qolgan 10 ta jamoa tanlov sovrindorlari deb hisoblanadi.

Tanlov g‘oliblari: 1-o‘rin uchun – 100 000 AQSh dollari; 2-o‘rin uchun – 50 000 AQSh dollari; 3-o‘rin uchun – 30 000 AQSh dollari; tanlov sovrindorlari har biri uchun – 10 000 AQSh dollaridan (jami 100 000 AQSh dollari) mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Mavzuga oid