17 noyabr kuni bölib ötgan xalq deputatlari Farğona tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körildi. Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi Kadrlar ma’muriyatçiligi departamentida boşqarma boş inspektori lavozimida işlab kelgan Hamidullo Inomov Farğona tumani hokimi etib tayinlandi.
Sessiya işida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov iştirok etdi va nutq sözladi.

Sessiyada sobiq hokim Şuhrat Möminov faoliyatida kamçiliklar közga taşlangani ham ta’kidlandi.
Şundan söng viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yangi nomzodni taniştirdi, Farğona tuman Kengaşi deputatlari tomonidan nomzod bir ovozdan qöllab-quvvatlandi va Hamidullo Inomov Farğona tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Söz olgan tuman faollari yangi hokim atrofida birlaşişga va tuman rivoji uçun yanada köproq mehnat qilişga tayyor ekanliklarini qayd etişdi.
Farğona tumani hokimi lavozimida iş boşlagan Hamidullo Inomov bildirilgan işonçni oqlaşga va tumanning barça sohalardagi körsatkiçlarini tubdan yaxşilaş yölida iş taşkil etişga söz berdi.
Hamidullo Inomov 1982 yilda Buvayda tumanida tuğilgan. 2004 yilda Farğona davlat universitetini, 2020 yilda Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Qöqon şahrida sud ijroçisi sifatida boşlagan. Turli yillarda «Universalbank»ning, şuningdek «Mikrokreditbank» Farğona viloyat filialining yuridik xizmatlariga rahbarlik qilgan.
2017-2020 yillarda viloyat Bandlik boş boşqarmasi boşliği örinbosari - Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boşliği bölgan. 2020 yildan buyon Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi Kadrlar ma’muriyatçiligi departamenti Davlat organlari va taşkilotlarida kadrlar işini muvofiqlaştiriş boşqarmasida yetakçi inspektor, boş inspektor vazifalarida faoliyat yuritib kelgan.













