Sir emaski, dunyoda eng qimmatbaho mahsulot, taraqqiyotni harakatlantiruvçi kuç yoki iqtisodiyotni rivojlantiruvçi drayver ham sözsiz bu ilm, bilim va fandir. Agarda intellekutual faollik bölmasa, fundamental özgarişlarga erişiş va strategik marralarni zabt etişning heç ham imkoni yöq. Sönggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan sezilarli islohotlar fonida ayni şu qat’iy tamoyil aks etadi. Bu yölda yangiça fikrlaydigan, global davrning zamonaviy çaqiriqlariga mos, jahon trendidagi ilmlarni çuqur özlaştirgan alfa avlodni tarbiyalaş davlatimiz rahbarining eng oliy maqsadlaridan biridir.


Albatta, bunda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlab, ularga şaroit va imkoniyatlar yaratiş, ğoya hamda taşabbuslarini tinglaş muhim sanaladi. Umumiy personalning qariyb 33 foizini navqiron öğil-qizlar egallagan “Turonbank” ATBda bu borada noodatiy tizim va yaxşi tajriba şakllangan. Ya’ni moliya va iqtisodiyot yönalişida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni öqiş vaqtidayoq amaliyotga jalb etib, özaro kooperatsiyani yölga qöyiş orqali salohiyatli kadrlar zaxirasini yaratiş böyiça ta’lim klasterini taşkil etiş.


Mazkur sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida bu yildan joriy etilgan “Turonbank stipendiyasi” loyihasini ham keltiriş mumkin. Uşbu motivatsion ğoyaning ahamiyati şundaki, uning doirasida eng iqtidorli va öz bilimi bilan OTMga yuqori ball töplab qabul qilingan yoşlar qamrab olinadi. Maqsad esa faol ilm-fan egalarini rağbatlantiriş. Hozirning özidayoq butun respublika miqyosidan 100 nafar stipendiat tanlab olingan va ularga maxsus sertifikatlar ham topşirildi. Eng muhimi, tölov – kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning köpçiligiga töliq öqiş davri uçun kontrakt pullari ham tölab berilişi ta’minlandi. Şuningdek, ular ta’limning 3-bosqiçidan boşlab, “Turonbank”da amaliyot ötaşlari va aniq işga jalb etilişlari mumkin.





















