Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi Igor Strelkov (Girkin)ni ukrain asirligiga tuşiriş uçun 100 ming dollar tölanişi kafolatlanişi haqida ma’lum qildi.
«Ma’lumki, eng taniqli rossiyalik terrorçilardan biri bizning davlatimizga qarşi uruşdagi öz iştirokini tiklaşga qaror qilgan», — deyilgan press-relizda.

Avvalroq bir qator rossiyalik harbiy muxbirlar va «vatanparvar» telegram-kanallar Strelkov frontga yöl olgani haqida ma’lum qilgandi. «Operatsiya Z: voyenkory Russkoy vesny» kanali u frontga «zamkombat» (batalon komandiri örinbosari) lavozimida yöl olgani va «bundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda heç narsa yozmaslik majburiyatini olgani» haqida xabar qilgan.
Strelkov doimiy ravişda Ukrainadagi uruşning borişiga munosabat bildirib, Rossiya rahbariyati harakatlarini tanqid qilib kelardi (xususan, u keng kölamli bosqinning ilk davridayoq Rossiyada safarbarlik e’lon qilişga çaqirgan). Uning sönggi posti 10 oktyabr kuni e’lon qilingandi.
Şuningdek Strelkov nomi Rossiyada Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş» va u haqda feyk xabarlar tarqatiş böyiça tekşirilgani aytilgan rossiyaparast blogerlar qatorida tilga olingan. Bunday tekşiruv çindan ham ötkazilgani haqida tasdiqlangan ma’lumot yöq.
- Igor Strelkov — FSB (FXX)ning sobiq ofitseri, 2014 yil bahorida Ukraina şarqida rossiyaparast jangovar bölinmalarga rahbarlik qilgan, keyinroq «DXR» mudofaa vaziri lavozimini egallagan. Strelkov özini Ukrainadagi «uruşni qözğatib bergan» odam deb atagan.
- Niderlandiyada Strelkovga MH17 halokati böyiça ayblov qöyilgan; prokuratura uni umrbod qamoq jazosiga mahkum etişni söragan. Ukrainada unga qarşi bir qança jinoiy işlar oçilgan, jumladan terrorizm va uruş urf-odatlari va qonunlarini buziş böyiça.












