15 oktyabr kuni Kun.uz Nazarbek şaharçasida devorlari çökib, öpirilgan boğça haqidagi reportajni e’lon qilgan edi. 17 oktyabr kuni AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida Maktabgaça ta’lim vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, boğçani qayta qurib beriş böyiça buyurtmaçi va pudratçi örtasida tuzilgan şartnoma qiymati 2 mlrd 922,4 mln sömni taşkil etgan. Bugungi kunga kelib bu şartnoma summasining 2 mlrd 800 mln sömdan ortiq mablaği tölab berilgani aytilmoqda.

“Bilasiz, har bitta şartnomaning 5 foizlik summasi davlat budjeti tomonidan qurilişning ekspluatatsiya jarayoni uçun olib qöyiladi. Agar yil davomida kamçiliklar aniqlansa, şu 5 foizlik pul tölab berilişi yoki tölanmasligi öylab köriladi. “Sanuzel” va oşxona örtasi ötgan quvurlarning yorilişi oqibatida boğçadagi devorlar öpirilib tuşgan”, – deydi Maktabgaça ta’lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxöjayeva.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, ayni vaqt Toşkent viloyati huquqni muhofaza qiluvçi organ va prokuratura xodimlari bilan birga bu holat örganilmoqda.

“Aniq aytişim mumkinki, 23-sonli boğçaning devori qayta qurilib, uning ost qismiga beton quyilgan. Çunki suv çiqiş hisobiga devorlar çökkan. Albatta, biz buni oqlamaymiz. Boisi, quruvçi taşkilot bularni oldindan bilişi kerak edi.

Ya’ni quriliş materiallari sifatsiz işlatilganmi yoki boşqa holat bölganmi, buni huquqni muhofaza qiluvçi organlar aniqlab berişadi”, – deya qöşimça qildi vazirlik axborot xizmati rahbari.

Şuningdek, qayd etilişiça, hozirda boğçada tarbiya olayotgan bolalarning xavfsizligi ta’minlangan bölib, ular boğçaning quriliş bölmayotgan boşqa qismiga köçirib ötkazilgan.