Apple kompaniyasi yangi avlod iPad va iPad Pro planşetlarini taqdim etdi.

Yangi iPad modelining asosiy xususiyati standart USB-C ulagiçining örnatilişi böldi. U kompaniyaning an’anaviy Lightning ulagiçi örnini egalladi. Bundan taşqari, gadjet nozikroq ramkali 10,9 dyuymli displey, şuningdek, ultra keng burçakka ega 12 megapikselli old kameraga ega böldi.

Şuningdek, planşet simli quloqçin ulagiçi va «Home» tugmasidan ayrildi. Uning funksiyalari barmoq izi skaneri bilan birga quvvat tugmasiga ötkazildi.

Planşetga A14 Bionic protsessori örnatilgan, undan iPad Air gadjetida ham foydalanilgan edi. Qurilma yuqori tezlikdagi Wi-Fi 6 simsiz lokal va 5G mobil aloqa tizimlarida işlay oladi. Qöşma Ştatlarda uning narxi 449 dollardan boşlanadi.

iPad Pro planşetining yangi avlodi M2 çipsetini oldi. U grafika va axborotni qayta işlaşni sezilarli darajada yaxşilagan, şuningdek, qurilmaning umumiy tezligini oşirgan.

Bundan taşqari, planşetning sensorli ekrani yangilandi, u endi Apple Pencil stilusi harakatini ekran yuzasidan 12 mm balandlikda ham tiniq sezadi.

Yangi iPad Pro avvalgidek, diagonali 11 va 12,9 dyuymli displeyli, 8 yoki 16 Gb tezkor xotirali, şuningdek, har xil hajmdagi içki xotiraga ega turli versiyalarda sotuvga çiqariladi. Qöşma Ştatlarda uning narxi versiyasiga qarab 799 dollardan 1299 dollargaça. Yangi iPad va iPad Pro rasman 26 oktyabrdan sotuvga çiqadi.