Ijtimoiy tarmoqlarda erkak özini poliklinika binosining 3-qavatidan taşlab yuborganligi haqidagi videolavha tarqaldi.

Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning ma’lum qilişiça, mazkur hodisa Navoiy şahrida sodir bölganligi haqida ma’lumot olingan.

“Hozirda tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi közdan keçirilmoqda. Şuningdek, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda. Natijalari haqida keng jamoatçilikka batafsil ma’lumotlar e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Kun.uz manbasiga köra, holat bugun, 18 oktabr kuni soat 15:00 lar atrofida sodir bölgan. 16 oktabr kuni davolaniş uçun şifoxonaga kelgan 54 yoşli karamanalik bemor özini noma’lum sabab bilan pastga taşlagan va vafot etgan. U aynan bugun yangi palataga köçirilgan bölgan.

Hozirda sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.