The New York Times gazetasining yozişiça, Eron Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrimga rus harbiylarini özi yetkazib berayotgan uçuvçisiz uçoqlarni boşqarişga örgatiş uçun instruktorlar yuborgan. Eronlik instruktorlar rossiyaliklarga Tehrondan sotib olingan dronlar bilan boğliq muammolarni hal qilişda yordam berişi kerak, deb yozadi 18 oktyabr, seşanba kuni gazeta razvedka ma’lumotlari bilan taniş bölgan amaldagi va sobiq amaldorlarga tayanib.
Eronlik instruktorlar Rossiyaning Qrimdagi harbiy bazalaridan birida işlamoqda, u yerga Erondan olib kelingan köp sonli uçuvçisiz uçoqlar joylaştirilgan, deb yozadi NYT. Uning ma’lumotiga köra, ular - AQŞda terrorçilik taşkiloti deb tan olingan Islom inqilobi qöriqçilari korpusi a’zolaridir. Naşr manbalariga köra, eronlik instruktorlar front çiziğidan uzoqda, ularning soni noma’lum. Ularning özlari ham Ukraina nişonlariga hujum qiladigan dronlarni nazorat qilişda iştirok etayotgani haqida ma’lumot yöq.
Eronning rus harbiylarini tayyorlaş uçun instruktorlar jönatişi Eron va Rossiya örtasida Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri davom etayotgan yaqinlaşuvdan dalolat beradi, deb yozadi gazeta. Ularning kelişi Eron uçuvçisiz uçoqlari yordamida Ukraina nişonlariga hujumlar kuçaygan paytga töğri keladi va Tehronning bu uruşda faol iştirok etayotganidan dalolat beradi, deya ta’kidlaydi amerikalik jurnalistlar.
Ukraina rasmiylari Rossiyani sönggi haftalarda Eronda işlab çiqarilgan Shahed-136 dronlaridan foydalangan holda Ukraina energetika infratuzilmasini öqqa tutişda ayblamoqda. Eron özining uçuvçisiz uçoqlari Rossiyaga yetkazib berilganini rad etadi, Kreml esa bu ma’lumotga izoh bermayapti. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Rossiya Ukrainada Eron uçuvçisiz uçoqlaridan foydalandimi yoki yöqmi degan savolga, unda bunday ma’lumot yöqligini aytdi.
Ayni paytda, OAV xabarlariga köra, Eron Rossiyaga «yer-yer» sinfidagi raketalari, şuningdek, uçuvçisiz uçiş apparatlarining (UUA) qöşimça partiyasini yetkazib berişni va’da qilgan. Rossiya tomoni «ayniqsa Fateh va Zolfaghar turiga tegişli uçuvçisiz uçoqlar va Eron ballistik raketalarini söragan», — deya Reuters agentligi ismini oşkor etmagan eronlik diplomatdan iqtibos keltiradi. Kiyev ma’lumotlariga köra, Eron UUAlarining birinçi partiyasiga 300 ta, ikkinçi partiyaga 2400 ta dron kiradi. Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Aleksey Arestoviçning sözlariga köra, Rossiya 2-3 oy davomida dronlar yordamida Ukrainaga hozirgi sur’atda hujum qilişi mumkin.













