O‘zbekistonda dekabr oyida Islom ulamolari anjumani bo‘lib o‘tadi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiyaning Indoneziyaga amaliy safari doirasida Indoneziya Ulamolar kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo
Xorij tomoni bilan halol sertifikatini joriy qilish, indoneziyalik ziyoratchilarni “Umra+” ziyorat dasturlari doirasida O‘zbekistonga jalb etish, qadimgi qo‘lyozmalarni tadqiq qilish, imomlar ishtirokida ikki mamlakat hududlarida konferensiya va ko‘rgazmalar tashkil etish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi.
Indoneziya tomoni O‘zbekiston diniy tashkilotlari bilan yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda hamkorlik qilish hamda joriy yil 3 dekabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Islom ulamolari anjumanida qatnashish yuzasidan qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Indoneziya Ulamolar kengashi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Indoneziya Ulamolar kengashi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Kengash Indoneziyadagi eng yuqori islom ulamolari organi sifatida 1975 yil 26 iyul kuni tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda Indoneziyadagi islomiy tashkilotlar ustidan nazoratni muvofiqlashtiradi.
Oziq-ovqat, pardoz-andoz, dori-darmon va kiyim-kechak singari mahsulotlarga halol sertifikatini berish hamda islomni mustahkamlash, ulamolar milliy taraqqiyotdagi ishtirokini kuchaytirish, Indoneziyada turli dinlar o‘rtasidagi uyg‘unlikni saqlash kengash asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Mamlakat delegatsiyasi a’zolari Indoneziyaning nufuzli Muhammadiya musulmon tashkiloti bosh kotibi Abdul Mutni bilan ham uchrashdi. Muhammadiya tashkiloti vakillariga islom ilmini o‘rganish, imomlar tayyorlash, indoneziyalik haj va umra ziyoratchilarini O‘zbekistonga qo‘shma ziyorat dasturlari doirasida jalb qilish taklifi bildirildi. Hamkorlik boshlang‘ich pog‘onasi sifatida Muhammadiya tashkiloti rahbariyati va vakillarining ziyorat turizmi dasturi doirasida mamlakatga amaliy safarini tashkil etishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy uchun bojlarni 145 foizgacha oshirdi
Jahon | 11:15
-
Buyuk Britaniya Putin ustidan tribunalni qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 11:13
-
Saida Mirziyoyeva animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 11:11
-
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida "Farg‘ona vodiysining oltin sayyohlik halqasi" yaratiladi
O‘zbekiston | 11:06
Mavzuga oid

14:48 / 23.03.2023
O‘zbekiston va Malayziya islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni boshlaydi

11:34 / 07.01.2023
Islom sivilizatsiyasi markazi 52 mingta qadimgi yozma manbalar ma’lumot bazasini yaratdi

16:13 / 28.08.2021
Diniy soha vakillaridan 300 nafarga yaqini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” nishoni bilan taqdirlandi

13:49 / 18.04.2021