Internetga joylaştirilgan yolğon videoda dasturda iştirok etiş uçun heç qanday bilim talab etilmasligi ta’kidlanib, oddiy odamlarning ham loyihada qatnaşib, mömay daromadga ega bölganliklari haqidagi intervyular e’lon qilingan.
«Firibgarlar tomonidan yaratilgan “Telegram-bot” lardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Şuningdek, Instagram, Facebook, Twitter, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo kabi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yolğon axborotlardan ogoh böling.
Yolğon çaqiriq qilgan firibgarlar internet foydalanuvçilarning telefon raqam va plastik kartalaridan pul yeçib olişga urinişlari mumkin.
Hurmatli internet foydalanuvçilari, “Özbekneftgaz” AJ nomidan foydalanib, daromad ilinjida yurganlarning aldovlariga uçmang», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
“Özbekneftgaz” AJ faoliyati bilan boğliq rasmiy xabarlar bilan faqatgina jamiyatning www.ung.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali tanişiş mumkin.












