La Presse gazetasida e’lon qilingan audioyozuvda Berluskoni şunday deydi: «Rossiya vazirlari biz bilan uruş holatida ekanini allaqaçon bir neça bor aytişdi, çunki biz Ukrainaga qurol yetkazib beryapmiz va uni qöllab-quvvatlayapmiz. Men öz şaxsiy fikrimni bildira olmayman, çunki agar bu matbuot qöliga tuşib qolsa, falokat yuz beradi. Lekin men juda va juda xavotirdaman».
Berluskoni sözlarini davom ettirib, şunday deydi: «Men Putin bilan yana juda köp suhbatlaşa boşladim. U tuğilgan kunimda 20 şişa aroq va juda yoqimli xat yubordi. Men bir neça şişa Lambrusko va xuddi şunday yoqimli xat bilan javob berdim».
Naşrning yozişiça, Berluskoni bu sözlarni özining «Forza, Italia!» (Olğa, Italiya!) partiyasidan parlamentga saylangan deputatlari örtasidagi yopiq uçraşuvda aytgan.
Yevropa komissiyasi Berluskonining bu sözlariga munosabat bildirdi. Uning vakiliga köra, mamlakatlar ikki tomonlama munosabatlarni örnatişda erkin. Ammo Yevropa Ittifoqi siyosati va pozitsiyasi hurmat qilinişi kerak, u Putin bilan «munosabatlarni minimal darajaga tuşiriş»ni nazarda tutadi.
Yevropalik va rossiyalik siyosatçilar örtasidagi aloqalar taqiqlanmagan, biroq «Ukrainaga noqonuniy bosqin va tajovuz böyiça Yevropa Ittifoqining pozitsiyasini yetkaziş hamda rossiyalik hamkasblarini uruşni zudlik bilan töxtatişga va xalqaro huquqni hurmat qilişni boşlaşga çaqiriş» uning ustuvor yönalişi bölişi kerak, deb hisoblaydi YeI. «Yevropa Ittifoqi bir ovozdan Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşini qoralaydi», — deb qöşimça qildi Yevrokomissiya vakili.
Silvioning dösti
Gazeta audioyozuvni e’lon qilganidan söng, «Forza, Italia!» partiyasi ham xuddi Berluskonidek, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşga Yevropa va AQŞ kabi munosabatda bölişini ma’lum qildi. «Bu masalada noaniqlikka örin yöq va heç qaçon bölmagan», — deyiladi bayonotda.

Partiya rasmiy vakili, şuningdek, Berluskoni özining sönggi tuğilgan kuni 2022 yil 29 sentabrni nazarda tutmagani, balki «köp yillar avval sodir bölgan eski voqeani aytib bergani»ni ta’kidladi.
86 yoşli Berluskoni Putinga yaqinligi haqida birinçi marta gapirayotgani yöq. Boş vazir lavozimini egallab turganida u bilan bir neça bor uçraşgan va Putinning özi ham Berluskonini dösti va ittifoqçisi deb














