Uning sözlariga köra, konsepsiyada barça «ehtimoliy xatarlar» hisobga olinişi kerak. Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev sözlariga köra, migratsiya siyosatini kuçaytiruvçi tuzatişlar 2022 yil oxirigaça qabul qilinadi.
«Hozir migratsiya sohasiga ta’sir etuvçi «ma’naviy va mintaqaviy omillar» paydo bölmoqda. Biz bu özgarişlarga öz vaqtida va samarali javob berişimiz kerak», dedi Vladimir Putin.
«Şubhasiz, davlat migratsiya siyosatining amaldagi konsepsiyasini tuzatiş zarur. U barça mavjud va ehtimoliy muammolarni töliq hisobga olişi, qonunçilikni yanada takomillaştiriş uçun asos bölişi kerak», dedi prezident Xavfsizlik kengaşi yiğilişida.
Prezident ma’muriyat va hukumatga 2025 yilgaça migratsiya rejimi va fuqarolik institutini isloh qiliş böyiça topşiriq berdi.
Nikolay Patruşev sözlariga köra, migratsiya siyosatiga kiritiladigan özgartirişlar migrantlar ixçam yaşaydigan joylarda huquq-tartibotni saqlaş böyiça keng kölamli çora-tadbirlarni öz içiga oladi. Şuningdek, mamlakatda böliş qoidalarini buzganlik uçun javobgarlik kuçaytiriladi. Migratsiya kanallari orqali xalqaro terrorçilarni aniqlaş çoralari köriladi.











