Uzbekistan Airports’ning xabar berishicha, Termiz xalqaro aeroporti 2022 yil 1 noyabrdan 25 dekabrgacha yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatadi.
Qayd etilishicha, ayni paytda uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi to‘liq yakunlangan.
Deyarli ikki oy muddatda yurish yo‘laklarini yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan ulash, shuningdek, yangi CAT-I ICAO yoritish-signal tizimi, meteorologik hamda radionavigatsiya qo‘nish tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazish rejalashtirilmoqda.










