«Yevropa ittifoqi elçilari Ukrainaga zarbalar bergan Eron dronlarini yetkazib beruvçi taşkilotlarga nisbatan çora-tadbirlar töğrisida kelişib oldilar», — deyiladi Twitter’dagi xabarda. 

Qayd etilişiça, «Yevropa ittifoqi davlatlari uç nafar jismoniy şaxs va uçuvçisiz uçoqlar yetkazib beriş uçun mas’ul bölgan bir taşkilotning aktivlarini muzlatişga qaror qilgan, şuningdek, avvalgi sanksiyalar röyxatida bölgan yana törtta Eron taşkilotiga nisbatan sanksiyalarni kengaytirişga tayyor».

Bundan oldin Ukrainalik harbiylar «Dronlar armiyasi» va United24 uçun mablağ yiğiş taşabbuslari doirasida xarid qilingan yana 179 ta uçuvçisiz uçoqni frontga jönatgandi. 

Ukraina Raqamli transformatsiya vazirligi ma’lumotlariga köra, 146 ta Mavic 3 dronlari va 33 ta Matrice RTK 300 qurilmalari butun front çiziği böylab joylaştiriladi.

Qayd etilişiça, uşbu uçuvçisiz uçoqlar Xerson, Donetsk, Xarkiv, Luhansk, Zaporijjya yönalişlarida, şuningdek, mamlakat şimolidagi çegara hududlarida tarqatiladi.

Avvalroq Eron Rossiyaga yer-yer sinfidagi raketalar, şuningdek, uçuvçisiz uçiş apparatlarining qöşimça partiyasini yetkazib berişni va’da qilgani ma’lum bölgandi. Bu haqda ikki nafar Eron rasmiysi va ikki nafar eronlik diplomatga iqtibos keltirgan holda Reuters agentligi xabar berdi.